Juma, 05.07.2024, 00:29
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 13
Mehmon: 13
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Iyul » 26 » Iqlim o'zgarishi: Sayyorani saqlab qolishga 12 yil emas, 18 oy vaqtimiz bor, xolosmi?

07:57
Iqlim o'zgarishi: Sayyorani saqlab qolishga 12 yil emas, 18 oy vaqtimiz bor, xolosmi?
Bundan bir qancha vaqt oldin olimlar «sayyorani saqlab qolishga 12 yil vaqtimiz bor» deya ta'kidlar edilar. Endilikda, kelasi 18 oy Yerni iqlim o'zgarishi asoratlaridan asrash yo'lida o'ta muhim bo'lishi aytilmoqda.

O'tgan yili tadqiqotchilar sayyoradagi haroratni hayotiy muhim me'yorda ushlab turish uchun atmosferaga chiqarilayotgan is gazi miqdori 2030 yilga qadar 45 foizga kamaytirilishi zarurligini bildirgan edi.

Ammo bugun kuzatuvchilar bu maqsadga erishish yo'lida kelasi yilning so'ngiga qadar yetarli va qat'iy siyosiy iroda ishga solinishi shartligini e'tirof etmoqda.

«Agar dunyoni kelayotgan bir necha yil ichida davolamasak, u bee'tiborlik tufayli 2020 yilgacha og'ir jarohat olishi mumkin», deydi Potsdam Iqlim Instituti asoschisi va faxriy direktori Hans Ioaxim Shelnhuber.

Ekspertlar 2020 yilning yakuni iqlim o'zgarishi asoratlarining oldini olib qolish uchun so'nggi imkoniyat ekanini ta'kidlamoqda.

Nega kelayotgan 18 oy bunchalik muhim?
2015 yil dekabrida Parij global iqlim kelishuvi imzolanganiga qaramay, davlatlar uning talablariga rioya qilmayotgani qoralanadi.

O'tgan yili e'lon qilingan hisobotda sayyoradagi havo haroratini Selsiy bo'yicha 1.5 darajadan pastda ushlab turish uchun 2020 yilga borib atmosferaga chiqarilayotgan is gazi miqdori keskin qisqartirilishi zarurligi ta'kidlangan edi.

Biroq hozirda ushbu ogohlantirishga hech kim jiddiy e'tibor qaratmayapti.

Agar o'z vaqtida choralar qo'llanmasa, 2100 yilga kelganda, jahondagi o'rtacha havo harorati 1.5 emas, balki halokatli 3 barobarga isib ketadi.

Shu sababdan is gazi miqdorini 2030 yilga qadar 45 foizga kamaytirish bo'yicha rejalar 2020 yil oxiridan kechiktirilmay ishlab chiqilishi talab etiladi.

Choralarni ishlab chiqish yo'lidagi ilk qadam BMT Bosh Kotibi Antoni Guterresh tomonidan 23 sentyabr kuni Nyu Yorkda o'tkazilishi rejalashtirilgan sammit bo'ladi.

Janob Guterresh davlatlardan is gazini qanday kamaytirish bo'yicha takliflarni kutmoqda.

Britaniya esa 2020 yil so'ngida iqlim o'zgarishiga bag'ishlangan eng muhim xalqaro uchrashuvga mezbonlik qilish va o'zining sayyorani saqlab qolish maqsadida qanchalik qat'iy ekanini ko'rsatib qo'yishni ko'zlamoqda.

So'nggi paytlarda odamlar iqlim isishiga qarshi jiddiy choralar ko'rishni talab etmoqda. Ko'plab mamlakatlarda oddiy fuqarolar siyosatchilarni harakat boshlashga majbur eta olgan.

Amerikalik siyosatchilar mamlakat iqtisodiyotini iqlim o'zgarishiga butunlay moslovchi «yashil yangi kelishuv» g'oyasini ilgari surmoqda. Bunday g'oya atigi bir necha yil avval ham imkonsizdek tuyilar edi.

Buyuk Britaniya 2050 yilga qadar atmosferaga zararli gazlarni chiqarishga butkul chek qo'yishga ahd qilgan.

Shahzoda Charlz esa kelayotgan 18 oyning hayotiy muhimligini e'tirof etayotgan ekspertlarni qo'llab-quvvatlagan.

Iqlim o'zgarishi asoratlari faqat insoniyatning o'ziga ta'sir ko'rsatibgina qolmaydi.

Turli hisobotlar odamzot tomonidan yovvoyi tabiatning ulkan qismiga o'nglab bo'lmas zarar yetkazilayotganini ko'rsatib bermoqda.

Olimlar kelayotgan o'n yilliklar ichida bir millionga yaqin mavjudot turlari butunlay yo'qolib ketish arafasida turganidan ogohlantirmoqda.

Ushbu muammo bo'yicha bir qancha davlatlar vakillari kelasi yili Xitoyda uchrashib, barcha turdagi jonzotlarni saqlab qolish yo'llarini muhokama etmoqchi.

BMTning Bioxilmaxillik bo'yicha Konvensiyasiga esa 2030 yilgacha yovvoyi tabiatni asrab qolish choralarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Xulosa qilib aytganda, ona sayyoramizni muqarrar halokatdan qisqa vaqt ichida saqlab qolish muammosi bilan yuzlashgancha turibmiz. Biroq siyosat bu yo'ldagi asosiy to'g'onoq o'laroq qolmoqda.

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ | Ko'rildi: 335 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz