![](/_nw/16/46149526.jpg)
Yunusobod tumani migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limida polni yuvishga «majburlash» bilan bog'liq holat Toshkent shahar IIBB uchun kutilmagan holda o'z yechimini topdi. Turmush o'rtoqlar Boxodir va Kamola K. Uznews yangiliklar sayti orqali ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining malomatlaridan oilalarini himoya qilishni hamda ayolning rasmini Internetga joylagan shaxslarga ta'sir ko'rsatishni so'rashdi.
Ayolning turmush o'rtog'i yuqoridagi sayt jurnalistlari bilan bog'langanidan so'ng, bizning idora internet-manbaidan ayolning rasmi shu zahotiyoq o'chirildi.
Kecha Bahodir va Kamola Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati vakillari va Yunusobod tumani MvaFR bo'limi xodimlari bilan uchrashishdi.
– Internetda turmush o'rtog'imning rasmi chiqqani va uni faol muhokama qilishayotgani haqida xabarim yo'q edi, – deydi Bahodir. – Ular o'sha kuni MvaFRBga 16 yoshga to'lgan qizimizga pasport rasmiylashtirish uchun borganliklarini bilardim. U yerda bo'lib o'tgan vaziyat haqida turmush o'rtog'im menga hech nima demagan edi. Chunki u farzandini ortidan tozalash haqidagi iltimosni hech qanday haqorat yoki qo'pol muomala deb qabul qilmagan. Bular haqida do'stim Uznewsning Instagramdagi sahifasidan skrinshot jo'natganidan keyin bildim. Rasm ostidagi matnni o'qidim. Tabiiyki, nima bo'lganini tushuntirishni talab qildim. Ayolim mendan ko'ra ko'proq ajablandi. U kichik qizimiz o'sha kuni sharbatini to'kib yuborganini va xizmat kiyimida bo'lmagan kishi tanbeh berganini aytdi.
– Men o'zim atrofdagilardan hojatxona qaerdaligi haqida so'rab, u yerdan shvabrani olib, polni artib qo'ydim. Meni shu onda suratga olganliklarini payqamagandim. Nima uchun mening rasmimni qaergadir jo'natish va yolg'on gaplarni yozish kerakligini hech tushuna olmayapman. Nima uchun rasmimni internetda chiqarish uchun mendan roziligimni so'rashmadi? Nimaga mening fikrim bilan qiziqib ko'rishmadi? – deya achchiqlandi Kamola.
Biz hammani qiynagan asosiy savolni berdik: MvaFR bo'limi boshlig'i qo'pollik qilganmidi? Kamola esa buni inkor etdi. "Balki, ovozi balandroq bo'lgandir?” – deb qayta so'radik.
– Balandroq gapirgandi, ammo qo'pol tarzda emas. Uning tanbehi meni xafa qilgani ham, haqorat qilgani ham yo'q, – ayolning javobi shu bo'ldi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|