TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Imtihonda past ball olgan abiturientlar o'ziga zarar yetkazishga urinyapti – DTM
Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida juda past ball to'plagan abiturientlar o'ziga zarar yetkazishga harakat qilyapti. Bu haqda Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig'i Diyorbek Qo'chqorov ma'lum qildi.
"Test sinovlaridan juda kam ball yiqqan abiturientlarning ota-onalari bizga farzandlarining bundan qattiq tushkunlikka tushgani va o'ziga zarar yetkazishga harakat qilgani haqida shikoyatlar qilishmoqda”, dedi Diyorbek Qo'chqorov.
DTM vakili ota-onalarga farzandlarining ruhiyati va imtihonlarga tayyorgarligiga jiddiy e'tibor berish kerakligini ta'kidladi.
"Men bu ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: Siz farzandingizni nazorat qiling, shunday ruhiy tushkun holga tushib qolgunga qadar va tushkunlikning oldini olish uchun e'tiborli bo'ling. Oliy o'quv yurtiga kirish istagi yuqori bo'lgan va fanlardan yaxshi tayyorlangan abiturient hech qachon past ball to'plamaydi. Bu ball — bolangizning bor real bilim darajasi. Test sinovlariga tayyorgarlik jarayonida e'tiborli bo'lish — keyingi pushaymonlarning oldini oladi”, dedi Qo'chqorov.