Avtomobilni qoldirish uchun joy qidirish davomida haydovchilar 3.27 belgisini «payqamaslikka» ko'nikib qolishgan, bu esa poytaxt yo'llarida tirbandlikka olib kelib, transport va piyodalar harakatiga xalal beradi, deyiladi Toshkent shahar IIBB saytida.
Qayd etilishicha, ushbu belgi ostida transport qoldirish mumkin emasligi Yo'l harakati qoidalari tomonidan bekorga belgilanmagan. Aksariyat haydovchilar belgilangan joygacha ortiqcha 100 metr masofa bosib o'tishga erinib, 3.27 belgisi ostida bir necha daqiqaga to'xtasa hech narsa bo'lmaydi, deb o'ylashadi. To'xtash va to'xtab turish qoidalarini buzilishi nuqtai nazaridan poytaxt bozorlari eng muammoli joylar hisoblanadi.
10 iyul kunidan Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yo'llar bo'ylab to'xtash va to'xtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto va videokameralar ish boshlaydi. Masalan, Chilonzor tumanini Toshkent halqa avtomobil yo'lining o'zidayoq 3.27 belgisini mensimaganlarni qayd etishga mo'ljallangan 4 ta statsionar avtomatlashtirilgan kamera o'rnatilgan. Hozirgi vaqtda Abu-Saxiy, Bek To'pi, Ippodrom, O'rikzor bozorlari yo'llarida avtomatlashtirilgan tizim o'rnatilgan bo'lib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bu yo'nalishdagi ishlar davom ettiriladi.
O'rnatilgan kameralar 360 gradusga o'girila oladi. Avtomobil mumkin bo'lmagan joyda to'xtagach, videokamera avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va «qoidabuzar» avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Ma'lumotlar onlayn tarzda bazaga yo'naltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy ta'minot jarima solish bo'yicha Qarorni shakllantirib uni «O'zbekiston pochtasi» AJga qoidabuzarga jo'natish uchun yo'llaydi. Xatda jarimani 60 kunlik muddat ichida to'lash zarurligi, ushbu muddat tugagach tizim xatga biriktirilgan kvitansiyani avtomatik tarzda to'sib qo'yib, jarima to'lanmaganligi to'g'risidagi ma'lumotni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosiga (MIB) jo'natishi ma'lum qilinadi. MIB, o'z navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylashtirilgan mulkka taqiq qo'yadi. Ushbu sanksiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelishuvlarini olib borishga yo'l qo'ymaydi. YHQni buzganlik uchun jarimani o'z vaqtida to'lamaslik ham qo'shimcha moddiy xarajatlarga olib keladi.
Bundan tashqari, kamera qoidabuzarlikni qayd etib uni Markazga yo'llaganidan keyin, to'lov muddati davomida sizga nisbatan bir qator cheklovlar o'rnatiladi. Xususan, sizda mashinani IIBB YHXB tumanlararo bo'linmalarida texnik ko'rikdan o'tkazish yoki boshqa fuqaroning nomiga rasmiylashtirish imkoni bo'lmaydi. Ushbu cheklov bo'lajak xaridorni «qarzdor» mashina sotib olib qo'yishda himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, 3.27 belgisi ostida avtomobilni to'xtatish O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 so'm) jarima solinishiga sabab bo'lishi mumkin.
IIBB haydovchilar va transport vositasini ijaraga bergan fuqarolarga jarimalar mavzusiga e'tibor berishlarini tavsiya etgan. O'zR MJKning 17-1-moddasiga muvofiq, Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo'l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.
"To'xtab turish joyini tanlashda yo'l harakati ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qiling! Bozorga kelganda avtoturargoh xizmatlaridan foydalaning”, – deyiladi ma'lumotda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|