Bunday paytda ayolning yaqinlari uning yonida yoxud qo‘shni xonada «Oyatal kursi»ni, so‘ngra A’rof surasining 54-oyatini o‘qishadi:
«Inna robbakumullaziy xolaqos-samavati val-arzo fiy sittati ayyamin summas-tava ‘alal-’arshi, yug‘shil-laylan-naharo yatlubuhu hasisan vash-shamsa val-qomaro van-nujuma musaxxorotin bi amrih, ala lahul-xolqu val-amru tabarokallohu Robbul-’alamiyn».
«Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arshga istivo qilgan, kunduzga tunni qoplatadigan-uni (ya’ni, tun-kunni) shitob quviydi – quyosh oy, yulduzlarni O‘z amriga musaxxar (mute) qilib qo‘ygan Allohdir. Ogoh bo‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning rabbi Alloh barakotlidir».
Bu oyatdan keyin Ixlos, Falaq, Nas suralari va Fotiha o‘qiladi. Xayrli bir farzand berilishi uchun duo qilinadi.
Homilador ayol tibbiy muolajalardan o‘tish bilan birga diniy vazifalarni ado etishi va fursat topishi bilan «Oyatal kursi» va «Sharh» surasini, so‘ng ushbu duoni o‘qishi maqbuldir:
«All`ohumma a’tin`a sihhatan va ‘`afiyatan va avl`adan s`olihan va rizqon v`asi’an va du’`a’an maqb`ulan».
«Allohim, bizga sog‘liq va ofiyat ber. Xayrli farzandlar ehson et. Mo‘l rizq ber, duoimni qabul ayla».