Hindistonning G'arbiy Bengaliya shtatida yashovchi 22 yoshli Runi Xatun qorin qismida kuchli og'riq tuyishi va ko'ngil aynishi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Aytishlaricha, har safar ovqatlangach, qusa boshlarkan. Rentgen ayolning oshqozonida metall buyumlar borligini ko'rsatdi. Jarrohlar esa bu ayol oshqozonidan 69 ta tilla zanjir, 80 ta tilla zirak, 46 ta tilla tanga, 8 ta medalon, 11 ta burun ustiga taqiladigan tilla sirg'a, 5 ta oyoqqa taqiladigan tilla baldoqni chiqarib olishdi. Butun boshli xazina! To'g'ri emasmi? Chiqarib olingan tilla buyumlar pulga chaqilganda, 53 ming funt-sterlingga teng bo'ldi.
— Keyingi paytda uydagi tilla buyumlar yo'qolib qolayotganini payqagandik, — dedi ayolning qarindoshlaridan biri. — Biz undan har safar so'raganimizda, aytmasdi, darrov yig'lashga tushardi…
2018 yili Hindiston vrachlari bir ayolning oshqozonidan bir yarim kilo metall chiqarib olishgan. Ular orasida yong'oq ham, bolt, tilla buyumlar bor edi. Mutaxassislarning taxminicha, bu safargi ayol ham akufagiya xastaligidan azoblangan bo'lishi mumkin. Akufagiyaga uchraganlar ruhan xasta hisoblanib, nuqul duch kelgan buyumni yutishga oshifta bo'ladi. Ammo aynan tilla buyumlarni yutish bemor aslida bemor emasligidan, balki boylikka o'chligidan ham dalolat beradi. Negaki, bemor bo'lsa, temir buyumlarni ham tap tortmay yutishi lozim edi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|