Juma, 05.07.2024, 00:53
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 17
Mehmon: 17
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » May » 20 » Hikoya: Uzuk o'g'risi

19:38
Hikoya: Uzuk o'g'risi
Gulzor tog'orani olib, kir yuvishga hozirlandi. So'ng  barmog'idagi uzukni yechib sovun qutisining ustiga qo'ydi. Gulzorning bu uyga ko'chib kelganiga hali ko'p bo'lgani yo'q, hovlisi qishloq chekkasida joylashgan bo'lib, qo'shni uyda Abdulla aka ismli kishi turmush o'rtog'i va ikki qizi bilan birga yashaydi. Odamlar hali bu yerlardan uy qurishni boshlamaganligi sababli ikki qo'shni tez-tez bir-biridan xabar olib turishadi. Buning ustiga, katta yo'lga chiqish uchun qo'shnilari Gulzorning uyi oldidan o'tishadi.

Gulzor yonida shovqin qilayotgan va ini atrofida nimalarnidir cho'qilayotgan hakkaga qo'lini siltab:

— Ey, ovozing o'chsin, kisht-kisht! — dedi va «sochiqni unutibman» deya uyga kirdi. Sochiqni olib chiqqan vaqtida   uyi oldidan qo'shni Abdulla akaning to'ng'ich qizi Vasilaning o'tib ketayotganligini ko'rib qoldi.

Ishini davom ettira boshlagan ayol ko'z qiri bilan sovun qutisining ustiga qaradi… Qaradi-yu, ko'zlari kosasidan chiqqudek bo'ldi. Qo'llarini chayib, sovun qutining tagini, atrofini, kiyimlarining orasini titkiladi, ammo uzukni izlab topa olmagach:

— Voy, yaramas o'g'ri, o'sha olib ketgan! — dedi dastlab xayoliga kelgan Vasilani o'ylab.

Vasila esa allaqachon  katta yo'ldan o'tuvchi mashinalarga minib ketib bo'lgandi. Gulzor tezda ishini ham unutib, qo'shnisining uyiga kirdi va u bilan ko'rishmoqchi bo'lgan Hanifa opaga qo'l uchini uzatib:

— Qizingiz qaerga ketdi?! — dedi o'zini tuta olmay.

— Nima?! — Hanifa opa qo'shni ayolning bunday muomalasi va savoliga tushunmadi.

— Vasila qani, qaerga ketdi?

— Bo… bozorga! — dedi Hanifa opa tutilib.

— Hozirgina  qizingiz mening uzugimni o'g'irlab ketdi, darrov qaytarib bermasanglar, tegishli joyga boraman,    ustingizdan arz qilaman, qamatib yuboraman! — dedi tahdid bilan Gulzor.

Bu shovqinni eshitgan Abdulla aka ichkari  uydan chiqdi. U dastlab qo'shni ayol Gulzorning nimaga shovqin ko'tarayotganini tushunmadi, biroq muddaosini eshitgach, o'ylanib turdi va sekin gap boshladi:

— Gulzor, singlim, siz shoshma-shosharlik qilmang, balki uzuk shu atrofda yotgandir. Men qizimga ishonaman, unga bunday tarbiya bermaganmiz.

— Nima, men sizlarga tuhmat qilyapmanmi, uzugim qanot chiqarib uchib ketmagan bo'lsa kerak?! Men uyga bir kirdimu darrov chiqdim, o'sha paytda qizingiz uzuk turgan joydan o'tib ketayogandi. Men o'z ko'rganimga ishonaman!

— Balki, uyga qo'ygandirsiz yoki kiyimlarning ichida qoldimi? — dedi Abdulla aka norozi bo'lib.

— Arz qilaman, shikoyat qilaman! — baqira ketdi ayol.

— Mayli, o'zingizni bosing, agar qizim shu ishni qilgan bo'lsa, hozir kelsin, gaplashaman. Keyin, qo'shni, Vasilani tez orada unashtiramiz. Shunga ichki ishlar idorasiga qatnab, qudalarning oldida sharmanda bo'lmaylik, iltimos, — dedi Abdulla aka yalingan ohangda.

— Bu qanday sharmandalik? — deya ko'zlariga yosh olgan Hanifa opa majolsiz eshikka suyandi.

Shundan so'ng Abdulla akaning iltimosi bilan ular uyning atrofidan, kir yuvilayotgan joydan uzukni izlay boshlashdi. Abdulla aka tuproqni qo'llari bilan tinmay siqar, titkilar, shuurida faqat uzuk edi.

Oradan bir soatlar vaqt o'tgach, Vasila uyga qaytdi va janjalning ustiga kelib qolgani kamday, hamma unga savol berayotganiga ham hayron bo'ldi. Gulzor Vasilaga tahdid qildi, iltimos qildi, bilmasdan olgan bo'lib, qaytarib bersa, da'vo qilmasligini tushuntirdi. Biroq Vasila bu ishni qilmaganini aytib turaverdi. Shundan so'ng Gulzor:

— Unda men seni tintib ko'raman, qani sumkangni och, uni ham tekshiraman! — dedi.

— Nega tekshirasiz, mening nima aybim bor? — dedi Vasila yig'lab.

— Qizim, tekshirib ko'raversin! — dedi Abdulla aka Gulzorning tintimaguncha tinchimasligini bilib.

Shundan so'ng Gulzor Vasilaning sumkasini ochdi-da, dasta-dasta    pulni ko'rib:

— Ana! Uzukni sotgansan, bo'lmasam bularni qaerdan olding?! — dedi pullarni Vasilaning ko'zlari oldida siltab.

— Qizim, senda pul yo'q, edi-ku! — dedi Abdulla aka.

Vasila atrofdagilarga hayrat bilan qaradi va yig'lab uyga kirib ketdi.

— Aytdim-ku, shu o'g'irladi deb! — tantanavor xitob qildi Gulzor.

— Siz tinchlaning, men qizim bilan gaplashay, ertaga uzukni kimga sotgan bo'lsa, undan qaytarib olib, so'ng sizga keltirib beraman! — dedi Abdulla aka noiloj boshini xam qilib.

Gulzor pullarni Abdulla akaning qo'liga   tutqazib, o'zi to'ng'illagancha uyiga kirib ketdi.

* * *

Ertasiga tong otdi deguncha Gulzor Abdulla akani kuta boshladi. Dam derazadan qarab, dam soatiga qarab, oxiri chidolmasdan to'g'ri qo'shnisining uyiga bordi. Biroq Abdulla akaning kechagi va'da bergan holatidan asar ham qolmagandi. U qizi bilan gaplashganini, qizi uzukni o'g'irlamaganini, kechagi pullarni esa bo'lajak kuyovi berganini aytdi. Gulzor shikoyat qilaman, degandi, Abdulla aka «o'zing bilasan», deganday yelka qisdi.

Ikki kundan beri safarda yurgan Gulzorning eri Alisher esa janjal ustiga kelgandi. U vaziyatni xotinidan bilgach, ayolni ichkariga tortqiladi-da:

— Nima qilasan, onasi, balki ular olishmagandir, qo'y janjalni, uyat bo'ladi, qo'limiz bilan ushlamagan bo'lsak! Keyin shu qo'shnidan bo'lak bu yerlarda kimimiz bor?! — deya vaziyatni yumshatishga urindi.

— Axir, o'sha uzukni siz sovg'a qilgansiz, ichki tomoniga ismimni yozdirgansiz, shuning uchun ham jon kuydiryapman-da!

— Uzuging, albatta, topiladi, lekin qo'shnilarni bekorga xafa qilibsan… Buncha shoshqaloq bo'lmasang?! Bechora Abdulla aka… Vasila ham unaqa qiz emasligini o'zing bilarding-ku?!

— E-e, ko'ngilga sig'maydigan mahal nasihat qilmang. Undan ko'ra boring, bekor o'tirmay anavi hakkaning inini buzib tashlang, ovoziga qarang… Shugina ham asablarimni taranglashtirib yubordi, — deya ters o'girilib oldi Gulzor.

— Hakka?! — Alisher in tomon yurarkan, o'g'lining yoniga yugurib kelayotganini ko'rib, qulochini yozdi.

Gulzor o'rnidan turdi va erining ortidan:

— Men tuman markazidagi folbinga borib kelaman! Shunda uzukni ular o'g'irlaganiga ishonchim komil bo'ladi, — deya uydan chiqib ketdi.

* * *

Gulzor folbinnikiga keldi. Folbin ham ayolga «Uzukni sizga yaqin joyda yashaydigan ayol olgan», deya uning   shubhalarini tasdiqladi. Gulzor bu gaplarni eshitib, jahl otiga mindi va uyga borgan zahoti qo'shnisinikiga chiqib, yana janjal ko'tarishni o'yladi. Uyiga yetib kelganida qo'shnisinikida turgan mashinalarni, mehmonlarning uyga kirib-chiqib yurganini ko'rdi-yu, qadamini tezlatdi. Ostonada uni kutib olgan Hanifa opaning iltijolariga qaramasdan Gulzor sovchilar o'tirgan xonaga jadallik bilan kirdi.

— Men to'g'ri qildim, yaramas o'g'rini sharmanda qildim! — deyishi hamonoq qaerdandir o'g'li Rashid yugurib keldi:

— Oyi, mana sizning uzugingiz!..

Gulzor o'g'li bergan uzukni hayajon bilan oldi va tezda uni aylantirib ko'rarkan,  ichki tomonida o'zining ismi yozilganiga ko'zi tushdi-da, o'g'liga hayrat bilan boqdi. Uning savol berishga-da ojizligini fahmlagan Rashid uzukni qanday topishganini to'lqinlanib gapira ketdi:

— Dadam bilan hakkaning inini buzayotgandik, ichidagi narsalarning orasida uzugingiz ham bor ekan….

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ | Ko'rildi: 386 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz