Hozirgi kunda ayol yoki erkakning oilasiga xiyonat qilishi haqida gaplar ko'payib ketgan. Har xil sheriklar bilan palapartish jinsiy aloqada bo'lish afsus asoratsiz qolmaydi.
Asoratlar yillar o'tib bo'lsa ham, namoyon bo'lishi aniq.
1. Erkakning jinsiy kuchi pasayib boradi. Bir ayol bilan yillar davomida qilingan jinsiy aloqa natijasida erkakning jinsiy tajribasi oshib, shu ayolini borgan sari yaxshiroq qondira boshlaydi, o'zi ham haqiqiy lazzatlanish nima ekanligini bilib boradi. Muntazam bir sherik bilan amalga oshirilgan jinsiy aloqa jinsiy salomatlikni yaxshilaydi. Lekin lazzatning "boshqa" yaxshiroq turlarini izlab boshqa ayollar bilan aloqada bo'ladigan erkak palapartish, qisqa muddatli aloqalar tufayli yillar o'tib jinsiy ojiz ham bo'lib qolishi darkor.
2. Palapartish jinsiy aloqada bo'lganda venerik kasalliklar yuqtirish xavfi bir necha barobar oshadi. Venerik kasalliklar jinsiy va umumiy salomatlikka bilintirmagan holda jiddiy zarar yetkazib boradi, ba'zilari o'limga ham olib kelishi mumkin.
3. Xiyonat bo'lgan oiladan baraka ketadi. Hozirgi kunda ming afsus lekin yangi bir telefon yoki tilla taqinchoq uchun boshqa erkak bilan aloqaga kirishadigan ayollar ham yo'q emas. Hayot shuni ko'rsatdiki, xiyonat yuz bergan oiladan yillar o'tib baraka keta boshlaydi. Xonadonning fayzi qolmaydi, farzandlar tarbiyasiz bo'lib o'sadi, moliyaviy ahvol yomonlasha boshlaydi.
4. Erkak ayoliga xiyonat qilsa, ayolining qaddi bukiladi. Qaddi bukilgan ayol oilani baxtli qila olmaydi. U butun umr alam va zarda bilan yashaydi. Yillar o'tib xiyonatga jismoniy kuchi qolmagan erkak keyin shu ayolidan ko'p qiyinchilik ko'radi.
5. Xiyonat bo'lgan oilada farzandlarga og'irlik tushadi. Ota-onasini baxtsiz ekanligini his etib o'sayotgan bola hech qachon o'z turmushida baxtli bo'la olmaydi. Otasi ming xiyonat qilayotganini bekitsin bola oiladagi sovuqchilikni yuragi bilan sezib o'sadi.
6. Ayol eridan tashqari boshqa erkaklar bilan aloqada bo'laversa, u chalinadigan jinsiy kasalliklar miqdori va jiddiyligi tobora ortib boraveradi. Ayol jinsiy a'zolari saraton kasalligining ba'zi turlari aynan palapartish jinsiy aloqa natijasidir.
7. Boshqa ayolni xotinidan ustunroq deb bilgan erkak, turmush o'rtog'i qadriga yetay olmaydi. Bunday oila barbod bo'ladi.
8. Jinsiy kuchini tiya olmay, palapartish aloqaga kirishadigan erkakda jinsiy a'zolari kasalliklari rivojlanishi ehtimoli yuqori bo'ladi.
9. Har xil ayollar bilan aloqada bo'ladigan erkakda haqiqiy to'laqonlik jinsiy lazzatlanish hissi hech qachon paydo bo'lmaydi. Bu hissiyot paydo bo'lishi uchun uzoq vaqt davomida bir sherik bilan jinsiy aloqani takomillashtirish ustida ishlash zarur. Ahil oilalarda odatda shunday bo'ladi. Ularda yillar o'tgan sayin er-xotin jinsiy munosabatlari takomilashib boradi.
10. Ayolini jisniy qoniqtira olmaydigan erkak, boshqa "qoniqdim" deb uni aldab kelayotgan ayol bilan bo'lib o'zini xursand qilib yuradi. Bu yengiltak ayollar biron sovg'alik bo'lib olish uchun 100 marta qoniqishi haqida cho'pchaklar aytaveradi. Lekin bu erkak hech qachon bir ayolni haqiqiy qondirib o'zini haqiqiy erkak deb atay olmaydi.
Xiyonat qilishga hammada har xil sabab bor. Sababni bartaraf etish oson emas. Shunchaki bir zumga biz hayvon emas ekanligimizni, hayvonlardan farqli o'laroq ongimiz bilan biron harakat qilishimiz kerakligini eslashimiz kerak. Nafsni tiya olgan inson hayotda faqat yutadi. Nafsini tiya olmagan esa, hayvondan farqi qolmaydi, hayoti ham bir kuni hayvonlarga yarasha bo'ladi.
Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|