Deyarli har hafta – kompyuter xavfsizligiga ixtisoslashgan qandaydir kompaniya Android uchun zararkunanda dasturlar haqida qo‘rqinchli statistikani keltirib o‘tganiga noxosdan guvoh bo‘lib qolamiz. Sir emaski, bularning bari ular ishlab chiqqan antivirus ta’minotining foydalanuvchilar tomonidan xarid qilinishiga qaratilgan, buning uchun juda ko‘plab reklamalar berib boriladi. Keling, ushbu muammoga chuqurroq yondashib ko‘ramiz. Ma’lumki, Android’ning asosida barcha jarayonlarning ishi uchun javob beruvchi Linuks yadrosi yotadi. Har bir ilova o‘z foydalanuvchi identifikatori va xotira katalogiga ega, bu joriy ishlab turgan ilova qolganlaridan himoyalanganligini anglatadi. Shuning uchun agar virus sizning qurilmangizga tushib qolsa ham, u faqat xotira kartasigagina o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi (barcha ilovalar ushbu imkoniyatga esa). Qissadan hissa, gapning lo‘ndasini aytganda Android uchun ishlab chiqilgan viruslar mavjud emas, lekin shaxsiy ma’lumotlaringizdan turli maqsadlarga foydalanishi mumkin bo‘lgan zararkunanda dasturlar mavjud. Ushbu holatda eng yaxshi yechim, bu qoida bo‘yicha o‘rnatilgan xavfsizlik sozlamalarini o‘zgartirmaslik, shuningdek yana bir oddiy qoidaga amal qilish – notanish manbalardan chetki dasturlarni o‘rnatmaslikdir. Statistikaning ko‘rsatishiga qaraganda, Google Play’da zararkunanda dasturlar deyarli mavjud emas.
iOS tizimi bilan esa bu yanada soddaroq. Operatsion tizim yuzaga kelib, shu kunga qadar foydalanilib kelingan davri mobaynida juda kam hollarda viruslar aniqlangan, shunda ham bu matbuotda keng yoritib borilgan. Birinchi navbatda bu Apple’ning App Store tarkibiga nisbatan bo‘lgan qat’iy siyosati, shuningdek tizimning yuqori himoyalanganligi bilan bog‘liq. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, App Store’da biz odatlangan antiviruslar yo‘q, buning o‘rniga turli xavfsiz brauzerlar, ma’lumot saqlash makonlari va hokazolar uchraydi. Shuning uchun iOS’ga virus qabul qilib olishning o‘zi shunaqasiga ham minimal xavfini yanada kamaytirish uchun: doim tizimni yangilab boring, jeylbreyklar qilmang va shubhali havolalar bo‘yicha o‘tmaslikka harakat qiling. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|