Yaqindagina unga salbiy izoh yozgan qo'shtirnoq ichidagi muxlislaridan bezgani sabab ularga so'kinish aralash videomurojaat yo'llagan Halima Ibragimova bu safar ham chidab tura olmadi. Garchi shu jizzakiligi tufayli litsenziyasidan ayrilgan bo'lsa ham pichoq suyakka borib yetsa, toqat qila olmas ekan, odam.
Mana uning tirnoq ostidan kir qidiradigan muxlislariga murojaati.
— Yillar, oylar, kunlar shunaqangi tez o'tarkanki, har kuni yashash uchun sinovlar beraverarkan.. Onamni qorinlaridan tushib, yashash uchun kurashdim qornim ochsa, yig'ladim… katta bo'ldim. Oila, bola-chaqa deganlaridek… Lekin bitta narsa. Nega kibr kuchli, odamlarda? Nega xuddi boqib, o'qitib qo'ygandek odamlarning ko'nglini sindirishadi? Kim huquq, vakolat berdi?
Ey, bilib qo'ygin, orqamdan gapirib, g'iybat qiluvchi! MEN BU DUNYoGA SENGA YoQISh UChUN KELMAGANMAN! Raz u dunyoda har narsaga javob berarkanmiz, bu dunyo ham quruq qolmaydi!!!
Ha, uni juda qattiq xafa qilishgan, ko'rinadi!