Juma, 05.07.2024, 01:00
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 54
Mehmon: 54
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » May » 21 » HA BETINGDAN BUZILGUR, YO'LNISA! (hajviya)

08:22
HA BETINGDAN BUZILGUR, YO'LNISA! (hajviya)
Yigirma yil oldingi husnimni ko'z oldimga keltirsam, yuraklarim uvishib ketadi. Qanday edim-a o'shanda! Ikki yuzimdan nur yog'ilardi. Bahormi, kuzmi, qishmi, farqi yo'q, hatto daydi shamol ham yuzlarimni mayingina silab o'tar, mabodo ul yer, bul yerimga xas-xashak tushgan bo'lsa, asta tozalab qo'yardi.

Manaman degan okaxonlar ro'paramga kelardi-da, hayratdan yoqa ushlashardi. Sira yonimdan ketgilari kelmasdi. Nuqul husni jamolimni tomosha qilishar, bir-birlariga og'iz ko'pirtirib meni maqtashardi. Basharti biror yerimda qora dog' sezishsa bormi, dunyoga jar solishardi. O'sha lahzadayoq Yevropaning eng so'nggi modadagi bo'yoqlaridan toptirib, dog'imga chaplashardi. Ko'ribsizki, yana chehram ochilib, kayfim chog'lanardi. Ishonasizmi, o'sha manaman degan okaxonlar chet eldagi og'aynilariga ham faqat meni maqtashardi, ko'z-ko'z qilishardi. Ehtiyotkorlikni qarang, ular-chi, og'aynilari ketishi bilan isiriqmi, ishqilib, nimadir tutatib qo'yishardi. Keyin-chi, shishada qandaydir oqimtir suyuqlikni olib kelishardi-yu, qopqog'ini ochishardi. Suyuqlik ko'pirib-ko'pirib yuzlarimga quyilardi. Okaxonlarim qolganini ichib, yuzlarimni ohista silab qo'yishardi va istar-istamas ortga qaytishardi.

Yarim kechasiyam yuzimdan yog'ilayotgan nur yo'qolmasdi. Oy shu'lasida yanada yarqillab ketardi. Faqat bu oyga yoqmasdi, bilardim, sezardim. U azbaroyi alam o'tida yonganidanmi, qora bulutlar bilan darhol tilni bir qilib, yomg'irmi, do'lmi yog'dirardi. Ko'ribsizki, shu zahoti a'zoyi badanim shallabo bo'lardi. Yaramas, hasadgo'y oy, ertasi kuniyam tinchimasdi. Xuddi o'shaning chaqirig'i bilan bo'lsa kerak, jonimni olgudek o'kirib «Kamaz», traktorlar ustimga bostirib kelishardi. Bir zumda qalbimni tirnashardi-yu, ko'ksimni parcha-parcha qilib ketishardi. Ammo bu dard uzoqqa bormasdi. Chunki okaxonlarim mendan tez-tez xabar olib turishardi. Parchalangan ko'ksimga boqib mushtlarini tugishardi-da, tag'in Yevropada modaga aylangan bo'yoqlardan, malhamlardan olib kelib surishardi. Aybdorlarni esa uzoq vaqt meni oyoqosti qilmaslikka majbur etishardi. Ha, men o'sha paytlarda oy desa degudek, bir qoshiq sut bilan yutsa yutgudek husn egasi Yo'lnisa edim.

Afsus… Xudoyo xudovando g'iybatchilarni, hasadgo'ylarni, mehrsiz, eshaksifatlarni yer yutsi-in!.. Biz taraflarga chet elliklarning kelishi ko'paygan bir mahal sho'rimga sho'rva to'kishdi qo'yishdi. Hoynahoy, o'sha oymoma qurib ketkurning ishidir bu. «Kamaz», traktorlarni yo'ldan uribdi. Quyosh boboning aytishiga qaraganda, ular garajga yig'ilib, bir ovozdan «Yo'lnisa betidan buzilsin!» deb qarg'ashibdi. Ko'pning qarg'ishi o'q-da! Qay go'rdan paydo bo'ldi, bilmayman, oradan bir necha kun o'tib o'tmay, «Kamaz»ga ikkita keladigan g'alati, turqidan ot hurkkilik mashinalar ustimga bostirib keldi. Dodladim, yolvordim, tavallo qildim, quloq osishmadi. Hali yuzlarimni, hali ko'ksimni bosib o'taverishdi, o'taverishdi…

Okaxonlar ham anchadan beri yuz dollarlikday ko'rinmay qolishgan. Qamalib ketishganmi, yo katta pul topish ilinjida o'zlari bilan o'zlari ovora bo'lib ketishdimi, menga bunisi qorong'i. Har kuni, hatto yarim tunlari bedor bo'lib kutaman ularni. Qachonlardir meni bo'yantirgan o'sha Yevropacha bo'yoqlarini, moyday mayin malhamlarini qo'msayman. Nadomatlar bo'lsinki, ulardan ham darak yo'q. O'yiqdan o'yiq ko'ksimni quchgancha zor qaqshab tong otishini qo'rqa-qo'rqa kutaman. Chunki yangi chiqqan mashinalar tong yorishgandanoq gurillab kela boshlashadi. Shundog'am o'yiq ko'ksimga oyoq bosib, meni toptab, ezg'ilab-ezg'ilab o'tishadi. To'xtab bir og'iz uzr so'rashni-da bilishmaydi. O'yiq ko'ksimga shundog'am botib azob berayotgan toshlar ularning yuki tushganda jonimni uzib olar kabi bag'rimga qadaladi. Dod deyman, qani birov eshitsa!..

Hushlariga kelsa, qandaydir begonadan begona odamlar kelishadi-da, ko'ksimdagi o'yiqlarning ba'zilariga o'zimizda ishlab chiqarilgan tosh aralash malhamdan surib qo'yishadi. Bu malham dardimga davo bo'lmaydi. Aksincha kasalimni kuchaytiradi. O'yiqlar chuqurlashsa chuqurlashadiki, bitmaydi, egachi!..

Yaxshiyam bir-biridan go'zal, hashamdor, qomatlari xipchadan-xipcha yengil mashinalar bor ekan. O'shalar o'yiq ko'ksimni juda ehtiyotkorlik bilan bosib o'tayotib, bir marta bo'lsa-da, yuzlarimni siypalab qo'yishadi. Ayniqsa, ko'ksimning loy chaplangan o'yiqlaridan o'tayotganda menga taskin berib, bir muddat sukutga ham tolishadi. Iloyo xudo xayrlarini bersin!..

Lekin baribir o'sha go'zal va ajoyib damlarni qo'msayveraman. Yana go'zal, ko'zga yaqin, huriliqo Yo'lnisaga aylanish istagi qalbimni sira tark etmaydi. O'zimning okaxonlarimni kutishdan charchamayman. Ularning puli ko'paygandan ko'payishini xudodan qayta-qayta so'rayman. Pullari ko'payib ketsa, menga Yevropaning eng so'nggi modadagi bo'yoqlaridan, malhamlaridan olib berishardi. Okaxonlarim, qaerdasiz? Yo'lnisani qarg'aganlarning dodini bermaysizmi? Qachongacha qarg'ishlar ostida qolib ketama-an?

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot http://hordiq.uz/ dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР | Ko'rildi: 379 | Qo'shdi: #Yangiliklar, #habarlar, #newsuz, #Yangilik, #ahborot, #xabarlar, #новости, #uznews, #news | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz