Advokatning so'zlariga ko'ra, Gulnora Karimova «so'nggi tashrifidan keyin darhol qamoqxona tibbiy blokidan chiqarib yuborilgan».
Bundan tashqari, Greguar Manjaning ma'lum qilishicha, «Gulnora Karimovaga shifokorlar bo'yicha rad javobi berilmoqda hamda u doimiy psixologik bosim ostida qolmoqda».
Greguar Manjaning ta'kidlashicha, «Gulnora Karimovaning salomatligi bo'yicha jiddiy tashvishlanmoqda».
O'z navbatida, manba ushbu ma'lumotga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog'langan.
Uning aytishicha, advokatning so'zlari haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
«Bu asossiz gap. Shu kunlarda «o'zini osibdi» degan boshqa gaplar ham chiqib ketdi. Shuni qatiy aytishimiz mumkinki, Gulnora Karimovaning sog'lig'i qoniqarli, u belgilangan jazoni o'tamoqda», – degan Bosh prokuratura vakili.