Hayot senga orqama-orqa to'siqlar, sinovlar yuborsa, bu tikanlardan saqlan. Xavotir olma: yaqin kunlarda bu tikanlar gulini xam ko'rsatadi . *** Ishqi buyuk, savdosi buyuk bo'lganni sinovi ham og'ir bo'ladi . *** Yaxshini izla, to'g'rini izla, go'zallikni izla, aslo qusur izlama *** Qof tog'i qadar buyuk bo'lsang-da kafanga sig'adigan qadar kichiksan . *** Tur, o'zinga kel, noumidlikka berilma, umidsizlik shaytondan, umid qilish Allohdandir . *** Tangriga olib boradigan yo'llar bisyordir. Men esa Ishq yo'lini tanladim . *** Qumning zarrasiman, ammo sahroning dardini tashiyman . *** Ishqda nasibang bor bo'lsa, tegsang xam yonajaksan. Shuni yaxshi bil: kimlar sog'inchdan yonar, kimlar yetishishdan . *** Ruhning go'zalligi tananing go'zalligi kabi tez ko'rinmas . *** Nimagadir bilmayman senga boqsam o'zimni ko'raman. Senga kelayotgan vaqtda o'zimdan ketaman. Sendan ketar vaqtda xech o'zimga kelmayman. *** Insonlarni yaxshi tani, har insonni yomon bilib, qutulmoqqa shoshilma. Har insonni yaxshi bilib ham ovunma . *** Shaytonning qotili odobdir *** Shaxsiyatparastlik ko'zga taqilgan ko'zgudir. Qaerga boqsa, o'zidan boshqasini ko'raolmas . *** Ba'zi insonlar borki, salomlaridan qurum hidi keladi . Ba'zi insonlar salomidan mushki anbar xush bo'y hid keladi . *** Kimning ishqqa mayli yo'q bo'lsa, qanotsiz qush kabidir . *** Aqlim qalbimdan imon nimadir deya so'radi. Qalbim aqlimning qulog'iga egilib «Imon odobdir» dedi *** Tilingni tarbiya etmakdan avval yurakni tarbiyat et .Chunki so'z yurakdan kelib, tildan chiqadi . *** Seni sevganlarni, zahar bo'lsa ham yut. Seni sevmaganni, bol bo'lsa-da, unut *** Xafa bo'lish vajlarini izlashdan ko'ra, sevish, sevilmoq yo'llarini izla . *** Hamma zohirga bezak bermoqqa kirarkan, sen botinga bezak bermoqqa shoshil. Hamma birovlar aybini aytib g'iybatga ketarkan , sen o'zingni xatolaring, ayblaring bilan mashg'ul bo'l . *** Ko'ngli oydin toza odamga qul bo'lish, shohlar boshiga toj bo'lmoqdin a'lodir. *** Ey ko'ngil, jonni achishtirar dori ayriliqdir ammo uning ichinda ishq degan shifosi yashirindir. *** Foniy bo'lgan ishq yo'qdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir san'atkorning san'atini ko'rur, kimdir san'atkorning o'zini . *** Bizni bilganlar bilar, bilmaganlar o'zi kabi bilar. *** Odomzot dunyoni zabt etar, ammo og'zini zabt etolmas. *** Go'zal kunlar senga kelmas. Sen ularga yurib borajaksan. *** Insonni tanish dengizdagi suvni ko'zaga quyib dengizni bo'shatmoqqa uringan kabi mushkul ishdir. *** Qalb dengizdir, til soxildir. Dengizda nima bo'lsa sohilga urilar *** Sevgi va shafqat odamiylik vasfidir. Qahr va shahvat hayvoniylik belgisidir. *** Kitoblarni o'qimoqdan avval, o'zimmizni o'qishga kirishaylik. *** Insonning qanoti g'ayratdir. *** Yo tutiladigan darajada yaqin bo'l, yo unitiladigan darajada uzoq bo'l. *** Mehmon keladigan kabi uyingni, o'lim keladigan kabi qalbingni ozoda tut. *** Yolg'izlikning eng yomoni seni anglamaganlar ichra qolishdir. *** Bekorga cholishma, seni ko'rganlari va eshitganlari qadar anglaydilar. *** Har bir inson xuddi yomg'ir tomchisi kabidir. Kimdir loyga tushar, kimdir gul yaprog'iga tushar. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|