![](/_nw/30/46527251.jpg)
Marhum 41 yoshli Miro P. xotinining o'ynash orttirishi va u bilan hayot lazzatidan bahra olishiga xalal bergan ko'rinadi. 37 yoshli Jessiki M. 46 yashar o'ynashi Yasar S. bilan birgalikda erining boshiga yetdi.
Voqeani boshlanishidan hikoya qiladigan bo'lsak, u 2015 yilga borib taqaladi. Miro P. xotini va ikki qizi bilan birga Germaniyaning Steynburg okrugidagi ot fermasiga ko'chib o'tdi. 2017 yili esa Yasarni fermasiga ishga oldi. Hamma balo ana shundan boshlandi. Yasar oradan hech qancha o'tmay, 37 yoshli Jessiki bilan til topishdi. Oralarida yaqin munosabatlar paydo bo'ldi. Kunlarning birida ikkovlashib Miro P. dan qutulishga ahdlashishdi.
Prokurorning ma'lumotiga ko'ra, qotillik Miro qizlari uchun ajratgan yotoqda sodir bo'lgan. Yasar kelishuv bo'yicha shkafga berkinib o'tirgan. Miro yotoqqa kirib kelgan mahal shkaf eshigini ochgan-u, qo'lidagi to'pponcha bilan ikki marta uning boshini mo'ljallab o'q uzgan. Keyin esa Yasar va Jessiki murdani fermaga olib borishdi. Begona ko'zdan panaroq joy topib yana ikkovlashgancha jasadni maydalab plastik paketlarga joylashdi-yu, kanalizatsiyaga tashlab yuborishdi. Shuning bilan go'yoki ishqiy sarguzashtlar uchun yagona to'siq yo'q qilindi.
O'sha yil aprel oxirida, qotillik sodir etilgandan keyin 8 kun o'tgachgina Jessikining o'zi politsiyaga murojaat qilib, eri izsiz g'oyib bo'lganini ma'lum qildi. Politsiya Miroga nisbatan federal qidiruv e'lon qildi. Topa olishmadi. Oradan ikki yil o'tib, Mironing 17 yoshli to'ng'ich qizi otasi g'oyib bo'lishida Yasarning qo'li bo'lishi mumkinligini politsiyachilarga shipshitdi. Yana shuni aytdiki, onasi Jessiki Yasar bilan otasi yo'qolib qolgandan keyinoq ochiqchasiga birga yashay boshlagan.
Albatta, qing'ir ishning qiyig'i qirq yildan keyin ham chiqadi. Politsiyachilar murdani topishdi. Jessiki va Yasar qo'lga olindi. Hozir sud jarayoni davom etmoqda.
Astag'firillo!!! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|