TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
G'ofur Rahimov AIBA prezidentligidan butunlay ketishga qaror qildi
AIBA rasmiy saytida Raximov ushbu tashkilotning prezidenti sifatidagi o'z vakolatlarini butunlay topshirgani haqida ma'lum qilindi.
– Bu AIBA tarixidagi eng murakkab o'tish davridir. Taassufki, bu jarayon bevosita mening ushbu tashkilot tepasiga kelgan paytimga to'g'ri keldi. Hozirda o'z sha'nimni himoya qilishim, menga nisbatan qo'yilayotgan ayblovlarga qarshi jiddiy kurash olib borishimga to'g'ri kelmoqda. Bu tabiiyki muntazam sud jarayonlarida ishtirokimni taqozo etadi. Shu sababli menga qanchalik og'ir bo'lmasin, darhol AIBA rahbarligidan ketishga qaror qildim, – dedi G'ofur Rahimov tashkilot matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Ma'lumki, 2018 yil 2 noyabrda yurtdoshimiz G'ofur Rahimov Xalqaro boks uyushmasi, ya'ni AIBA prezidenti etib saylangandi. Biroq, o'sha yilning noyabr oyi oxirlariga kelib Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ijroqo'mi bilan AIBA o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi. Hatto HOQ boksni Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarib yuborilishi haqida ogohlantirdi.
AIBA va HOQ o'rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi zamirida G'ofur Rahimov joriy yilning mart oyi oxirlarida o'z vakolatlarini vaqtincha topshirishini ma'lum qilgandi.