"O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq 2019-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
engil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish; engil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o'rta hisobda 60 foizgacha yetkazish; yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish; avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish; korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, "ERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish; hamyonbop yengil avtomobillarning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash; "O'zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish. Qaror bilan o'rnatilgan tartibga muvofiq:
2020 yil 1 yanvarga qadar "O'zavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud bo'lgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo'yicha texnik topshiriqlar quyidagi hollarda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o'tkazilmaydi:
original ishlab chiqaruvchi (OEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan bo'lsa; tavsiya etilgan mahsulot: etkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo'yicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar; sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash bo'yicha bitimlar; avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirishda texnik ko'maklashish bo'yicha bitimlar bilan o'rnatilgan bo'lsa; 2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo'yicha "UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig'i bekor qilinadi; 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni sotib olganlik uchun yig'im avtomobillar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to'lanadi; "O'zavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bog'liq bo'lmagan ayrim aktivlar quyidagicha sotilishi mumkin: qo'shilgan qiymat solig'ini (ko'chmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xo'jalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan "E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga boshlang'ich bahosi bo'yicha auksionga qo'yish orqali; savdoga qo'yilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud bo'lmagan taqdirda, boshlang'ich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab ilgari foydalanishda bo'lgan avtomobillarni rasmiy dilerlik tashkilotiga topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to'lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi "TRADE-IN” dasturi tatbiq etiladi.
Bunda:
foydalanilgan avtomobillarni sotishda QQSni hisoblash uchun QQS summasini o'z ichiga olgan sotilayotgan ob'yektning sotish narxi bilan balans qiymati o'rtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi bo'lib hisoblanadi; rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi: belgilangan shakldagi hisob-ma'lumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali foydalanishda bo'lgan avtomobillarning oldi-sotdi shartnomalariga; mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtomobillarning oldi-sotdi shartnomalariga; rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan foydalanishda bo'lgan avtomobillarni sotib olganlik uchun ularni Ichki ishlar vazirligi organlarida ro'yxatdan o'tkazish vaqtida yig'im to'lanmaydi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|