Kel, tilchi qiz, go'zal filolog, Undov bo'lsin muhabbatimiz. Bu izhorlar tugamas – vergul, Boshlay qolsin qo'shma gapimiz.
Ega-kesim eskirgan ta'rif, Men hokim so'z, sen tobe bo'lak. Undalmangni yo'lla o'zimga, So'roqlarga to'lmasin yurak.
Muhabbat – bu bizning fe'limiz, Bo'lsin mudom bo'lishli, sodda. Hayotimga kirish so'z bo'lgin, Iboradek qol doim yodda.
Hislarimiz emas antonim, Hayotimga sifatsan axir. Men sevgimni atov gap qildim, Kel, birgalik nisbatga chaqir.
Bo'lar bir kun farzndlarimiz – Quchoq-quchoq orttirma nisbat. Qara, qanday moslashuv axir: Mendek otga sen kabi sifat!
Men sen uchun – ajralmas ravish, Sen men uchun – aniqlik mayli. Necha yilki ona tili ham Bizdek gapni ko'rmagan hali.
Qo'shma gapmiz keyin bir umr – Xatolarsiz, imlosi puxta. Yuz yillarcha birga gap tuzsak, Keyin mayli qo'yamiz nuqta.
Nuqta bilan asar tugamas, Davom kutar jumlalarimiz: Bosh harf-la yozadilar so'ng Yangi gapni bolalarimiz.
O'sha kuni ikkimiz – ega, Kuzatgancha imlolarini. Ko'zoynak-la o'qib chiqamiz Jujuqlarning insholarini… Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|