Seshanba, 31.12.2024, 02:09
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 2
Mehmon: 2
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Iyul » 8 » Farzandni erta jinsiy qiziqishlardan saqlash

06:41
Farzandni erta jinsiy qiziqishlardan saqlash
Muborak dinimizning ta'limotlari yana bir muhim tarbiyani ota-onaning vazifalaridan qilib belgilagan. Bu yuksak mas'uliyat farzandlarni inson xulqini ixtiyorsiz buzadigan, jinsiy moyillik va rag'bat uy­g'otadigan har bir narsa va holatlardan saqlashdir. Bu jarayon bola to'qqiz yoshdan to voyaga yetgungacha bo'lgan muddatni o'z ichiga oladi.

Ta'lim-tarbiya olimlari fikricha, bu inson hayotidagi eng muhim bosqich. Agar ota-ona farzandning bu boradagi tarbiyasini o'z vaqtida to'g'ri yo'lga qo'ysa va nojo'ya xatti-harakatlarning oldini olsa, bu katta yutuq. Chunki sog'lom jamiyat taraqqiyoti va ravnaqi uchun fazilatli, odobli, yuksak ma'naviyatli va tarbiyali farzand voyaga yetadi.

Shu bois dinimiz har bir ota-ona va murabbiyga farzandlarning jinsiy qiziqishlari erta uyg'o­nishidan ehtiyot choralarini ko'rishga buyuradi.

Alloh taolo bunday deydi: "…ayollarning avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqa kishilarga ko'rsatmasinlar!..” (Nur surasi, 31-oyat).

Imom ibn Kasir Nur surasining ushbu oyatini bunday tafsir qiladi: "Go'dak ayollarning turli holatlarini bilmaydi. Ularning avratlarini, nozik ovozlarini, noz­lanib yurishlarini fahmlamaydi. Agar bola yosh bo'­lib, bularni tushunmasa, unda ayollar huzuriga kirishida zarar yo'q”.

Bu oyat tafsiridan xulosa shu: agar bola ayollarning holatlarini va avratlarini fahmlamaydigan darajada juda yosh bo'lsa, ularning yonlarida o'tirishi va huzur­lariga kirib-chiqib yurishida zarar bo'lmaydi. Ammo farzand to'qqiz yoshdan oshgan bo'lsa, bunday ho­lat­larga mutlaqo yo'l qo'yilmaydi. Chunki bola bu yoshda har bir ko'rinishni ongli ravishda idrok qiladi. Ushbu chegara yoshidan so'ng ham unga bu borada izn so'rash odobi buyurilmasa, ba'zi noqulay va ta'sirchan manzaralar guvohi bo'ladi. Natijada bola g'alati bir holga tushib, axloqi buzilishi ham mumkin. Bu esa, tabiiy, bolada jinsiy moyillik juda erta uyg'onishiga olib keladi. Hayot tajribalari ko'rsatishicha, bunday holga tushib qol­gan farzandning butun fikri-zikri beixtiyor shunday o'y-xayollar atrofida bo'ladi. Buning oqibatida ilmga bo'lgan ishtiyoqi keskin pasayib, o'zi bajaradigan kun­dalik ishlariga beparvo bo'ladi.

Farzandining bu kabi g'alati, ajabtovur holatini kech bo'lsa-da sezib, vaziyatni anglagan ota- ona uchun endi uning tarbiya jarayoni biroz og'ir kechadi. Muhim pallada e'tiborsizlik qilgan ota-ona endi bu illatni yuqtirib olgan farzandining tarbiyasiga juda jiddiy e'tibor berishi talab etiladi. Aks holda, nechog'li og'ir bo'lsa-da, aytib o'tish kerak, sharmandali holat ro'y berishi mumkin. Afsus, o'g'il-qizlar o'rtasidagi ayanch­li va sharmsiz voqealarning barham topmayotgani farzandlar tarbiyasiga yetarlicha e'tibor berilmayotgani oqibatidir.

Ba'zi kishilar: "Biz bolaga ushbu tarbiyani bermasak-da, qing'ir ishlarga qo'l urayotgani yo'q”, deb fikr bildi­rishi mumkin. To'g'ri, bunday salbiy ishlarni amalga oshirmasa, nur ustiga nur. Ammo bu hol "Ushbu tarbiya bilan shug'ullanmasa ham bo'ladi”, degan fikrni ilgari surmaydi. Chunki farzand voyaga yetib, ma'lum yoshga kirgach, biron oliygohga kirib o'qish yoki ish tufayli ota- ona nazoratidan biroz bo'lsa-da uzoqlashadi. Ana shu mahalda, yoshligida bu tarbiyadan mosuvo bo'lib o'sgan, boz ustiga ota-ona nazoratisiz qolgan farzandda ushbu illat bo'y cho'zib qolishi, shunda u turli xil buzuqliklar ta'siriga tushib, hayosiz ishlar qilishi mumkin.

Farzandining qilayotgan har bir ishidan batafsil xabardor bo'lib turibman, deb qaysi bir ota-ona kafolat bera oladi? Yoki farzand ulg'aygach, uning uchun xoh yaxshi, xoh yomon eshiklar barchasi ochiqmi? Yoxud ota-ona vazifasi shular bilan nihoyasiga yetdimi? Yo'q, aslo. Vaholanki, ayni palla, o'zlaridan andoza olgan farzandni jamiyat uchun qay darajada to'g'ri tarbiyalab, tayyorlab berganini ko'radigan payt bo'ladi. Xalqimizda naql bor: "Yaxshi bo'l­sa yeydi oshini, yomon bo'lsa yeydi boshini”. Yaxshiligidan rahmat, yomonligidan la'nat ham bevosita ota-onaga keladi. Shu bois ota-ona hayot ekan, farzandlar doim nazoratga, pandu nasihatga muhtojligini unutmasinlar. Shuning uchun muhtaram murabbiy va ota-onalar tarbiyaning har bir jabhasida oqsamasdan shijoat ko'rsatishlari qat'iy talab etiladi.

Hadisi sharif:

Imom Buxoriy rivoyat qiladi: "Payg'ambarimiz (sol­lallohu alayhi va sallam) Fazl ibn Abbosni qurbonlik kuni ulovlarining orqasiga o'tirg'izib oldilar. Fazl balog'at yoshiga yetib qolgan edi. Payg'ambar (sollallohu alayhi va sallam)dan shar'iy masala so'ragani Xas'am qabilasidan kelgan bir ayolga Fazl tikila boshladi. Shunda Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Fazlning iyagidan ushlab, yuzini boshqa tomonga burdilar”.

Imom Termiziy rivoyatida:

Ibn Abbos Rasululloh (sollallohu alayhi va sal­lam)ga: "Nega amakingiz o'g'lining yuzini burdingiz?” – dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Men yosh yigit va qizni ko'rdim, ular fitnadan omon bo'lishiga ishonmadim”, dedilar.

Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) hatto 10–12 yoshli bola bo'lgan Fazlni begona ayolga qarashdan qaytarib, yuzini burdilar. Bundan Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) balog'at yoshiga yaqinlashayotgan bolalarning odobi yaxshi bo'lishi va fit­na girdobiga tushib qolish­laridan saqlashga katta ahamiyat berganlarini bilish mumkin. Bu bilan: "Ular fitnadan omon bo'lishiga ishonmadim”, deya qiyomatga qadar davom etadigan barcha ummatlariga jinsiy moyillik erta uyg'onishining oldini olish nihoyatda muhim tarbiya ekanidan saboq berdilar. Buni esa Nabiy (alayhissalom)ning farzandlarni to'g'ri tarbiyalashda oltin o'gitlari deb qabul qilishimiz, hayotimizda qo'llashimiz zarur.

Bu tarbiyani singdirib borishda sharafli burch sohiblari ota-ona quyidagi ikki mas'uliyatli nazoratni sidqidil bilan amalga oshirishlari lozim. Birinchisi, oiladagi ichki nazorat, ikkinchisi, atrof-muhitning salbiy ta'siridan himoya qilish.

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР | Ko'rildi: 440 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz