Farg'onada "Coca-Cola”, "Pepsi” savdo belgisidagi ichimliklarni qonunga xilof ravishda tayyorlash va sotish bilan shug'ullangan "uddaburon tadbirkor” qo'lga tushdi.
Mamlakatimizda bugungi kunda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishlari uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Shunday bo'lsa-da, ba'zilar osongina pul topishni o'ylab, noqonuniy ishlarga qo'l urishmoqda. Marg'ilon shahrida yashovchi Habibullo Usmonov ham shunday yo'l tutdi.
U o'zining yerto'lasida yashirin ravishda sex tashkil etib, belgilangan tartibda tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan, hech qanday hujjatlarsiz, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan "Coca-Cola”, "Fanta”, "Pepsi” savdo belgisidagi ichimliklarni qonunga xilof ravishda tayyorlash va sotish bilan shug'ullanib kelgan. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Farg'ona viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tadbirda uning noqonuniy faoliyati fosh bo'ldi.
Undan 65 dona 1,5 litr va 2 dona 1 litr sig'imli idishlardagi "Pepsi”, 26 dona 1,5 litr va 1 dona 1 litr sig'imli idishlardagi "Fanta”, 14 dona 1,5 litr sig'imli idishlardagi "Coca- Cola” nomli ichimliklar, 2 dona kislorod balloni, 658 dona yelim qopqoq, 10 dona qadoqlash selofan paketi va 500 dona bo'sh yelim idishlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Farg'ona viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining xulosasiga ko'ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan ichimliklari iste'molchilar hayoti va sog'ligi xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo'yicha Marg'ilon shahar sudining sayyor sud majlisida H. Usmonovning jinoyat ishi ko'rib chiqilib, unga tegishli jazo tayinlandi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|