Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25, kunduzi 37-39 daraja issiq bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28, kunduzi 36-41daraja issiq bo'ladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi.
Respublikamizning tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo'ladi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|