![](/_nw/19/32343214.jpg)
Savol:
– Ustoz, sizning maslahatingiz men uchun katta ahamiyatga ega. Qiyin holatda qolganman. Turmush o'rtog'im tadbirkor, topish-tutishi yaxshi. Ro'zg'orimning kam-ko'sti yo'q. Meni ham, bolalarni ham har tarafdan ta'minlab qo'ygan. Yaqindan boshlab ikkinchi ayolga uylanish haqida gapiradigan bo'lib qoldi. Men buni hazm qilolmayapman. "Uylanadigan bo'lsangiz, oldin mening talog'imni berasiz”, desam, "Ayol kishi besabab eridan taloq so'rasa, gunohkor bo'ladi”, deyapti. Erimni boshqa ayol bilan bo'lisha olmasligim – bu taloq so'rashimga asos bo'lolmaydimi?
Javob: – Ha, shu uylanaman, deyishidan boshqa asosli sabab bo'lmasa, ajrashaman, deyishingiz to'g'ri bo'lmaydi. Chunki sizning huquqlaringizni ado etyapti, zulm qilish holati ham yo'q. Qolaversa, orada farzandlar ham bor ekan. Ajrashsangiz, ularga ham zarar yetadi, ko'proq farzandlarni o'ylash kerak. Vallohu a'lam! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|