Savol:
– Erim o'ta zamonaviy inson. O'zi xorijiy firmada chet elliklar bilan ishlaydi. O'sha muhit ta'siridami, bilmayman, mening ham zamonaviy kiyinib yurishimni xohlaydi. Men esa, akchincha, tor, kalta, ochiq kiyinishdan xijolat bo'laman. Lekin erim menda o'zi istagan jihatlarni topolmay, boshqa ayollarga xayoli ketmasin, deb imkon boricha u xohlagandek zamonaviy ko'rinishga harakat qilaman. Ammo ich-ichimdan erimning meni sira qizg'onmasligini o'ylab ranjiyman. Axir rashk – iymondardir, degan hadis ham bor. Qanday qilib erimda rashk hissini uyg'otsam bo'ladi? Maslahat bering… Javob: – Ayrim insonlarga biror muammo haqida to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib bo'lmaydi. Ayniqsa, hozirgi damda ko'pchilik tanqidni ko'tarmaydi. Er-xotinlar orasida bu masala yanada nozik tusga kiradi. Shu sabab bu haqda ochiq gapirgandan ko'ra, erni o'ylab ko'rishga undaydigan gap-so'z aytish kerak yoki ongini ishga soladigan ish qilish kerak. Misol uchun "Falonchi ochiq-sochiq holda ketayotgan ekan, orqasidan ikki erkak kuzatib, juda uyat gaplarni gapirishdi” yoki "Falonchi chin mo'min ekan, ayolini qizg'onib, mana bunday qilibdi” kabi gaplarni gapirish mumkin, faqat shama qilinayotganini bildirmagan holda. Vallohu a'lam. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|