Onda-sonda qog'oz qoralab turib, Hoynahoy, zo'r shoir bo'ldim-ov!.. Ana! Boylarning orasin oralab yurib, Men qachon biznesmen bo'laman, ena?
* *
Zamona zayliga tashnaligim bor, Picha firib, picha ziqnaligim bor, Soliqchilar bilan oshnaligim bor, Men qachon biznesmen bo'laman, ena?
* * *
Oh, mening gerdayib turishlarim-ey, Pul damidan aksa urishlarim-ey, Hol so'rmasga itdek hurishlarim-ey, Men qachon biznesmen bo'laman, ena?
* * *
Ko'nglim ko'chasidan kuylab o'tardim, «Men falonchiboy! Boy! Boy!» lab o'tardim, Topganimni belga boylab yotardim, Men qachon biznesmen bo'laman, ena?
* * *
Sohibjamollarga suyagim yo'g'roq, Xastaman, birovga keragim yo'g'roq, Iyak qoqay desam, iyagim yo'g'roq, Men qachon biznesmen bo'laman, ena?
* * *
Jonon deganimda jonim kirsin-da, Tushlarimga ming bir xonim kirsin-da, Bir g'arib shoir ham davrin sursin-da, Men qachon biznesmen bo'laman, ena? Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|