TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Yaqinda Toshkent shahrida odamlarni firib yo'li bilan katta pulga tushirib kelgan folbin qo'lga olindi. U bir oilaning o'zidan jami 24 ming dollarni qurtday qilib sanab olgan ekan.
Firibgar folbin 36 yoshli Dilfuza A. bo'lib, 2018 yil aprel- iyul oylari oralig'ida Yakkasaroy tumanida 30 yashar Munira M. va uning singlisi Masudaxonlarga uylari ichkarisiga ko'z tekkanini, u bajonidil uyni «ilmi-amal»dan tozalab berishini aytgan. Bir so'z bilan aytganda, shu oilaning ishonchiga kirgan. Xullas, o'sha «tozalov» uchun jabrlanuvchilardan 23 ming 970 dollar, yana 20 million so'm miqdorida pul olgan.
Dilfuzaga nisbatan respublika jinoyat majmuasining 168- moddasi («Firibgarlik») ga asosan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.