![](/_nw/22/49341384.jpg)
Savol: Yaqindan boshlab besh mahal namozni boshlamoqchiman. Allohdan bu uchun o'zimga munosib iymon, kuch, sabr so'rayapman. Niyatimni bir dugonamga aytgan edim, "Besh mahal namoz o'qiydigan bo'lsang, oldin ro'molga o'rashing kerak, bo'lmasa, ibodatlaring qabul bo'lmaydi”, deyapti. Haqiqatdan ham shundaymi?
Javob: Alloh taolo muvaffaq aylasin! Har bir amal alohida bo'lib, birining qabul bo'lishi boshqasiga bog'liq emas. Faqatgina bir holatda bog'liq, ya'ni barcha amallarning qabul bo'lishi uchun e'tiqod shartdir. Usiz amallar qabul bo'lmaydi. Alloh ko'rsatmasin, kufr va shirk amallarni xabata qiladi. Ro'mol o'ramaydigan odam namoz o'qisa, namoz farzini ado etgan bo'ladi. Ammo bu degani namoz o'qisa-yu, ro'mol o'ramasa bo'laveradi, degani emas. Namoz ham, ro'mol ham farz, ikkisini bajarish lozim. Qisqasi, ro'mol o'ramasa, boshqa amallari qabul bo'lmaydi, degan gap yo'q. Vallohu a'lam! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|