TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Dinda savolim bor: » Musulmon bo'lmaganlarning dafn marosimiga borish mumkinmi?»
Savol:
– Bir tanishimning boshlig'i vafot etdi. U Islom diniga emas, boshqa dinga e'tiqod qilardi. Tanishim rahbarining dafn marosimida ishtirok etdi. Savolim shuki, shunga o'xshash dafn marosimlariga borishga dinimizda ruxsat bormi?
Shuningdek, musulmon kishi boshqa dindagi insonlarni ularning diniy bayrami bilan tabriklasa bo'ladimi? Ba'zilar musulmon g'ayridinni tabriklash bilan dindan chiqib qoladi, deyishadi. Shu gaplar to'g'rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh javoblari:
– Agar ishxonada siz bilan birga ishlaydigan bir nasroniyning yaqin kishisi olamdan o'tib qolsa, unga ta'ziya bildirishingiz mumkin. Musulmon kishi nasroniylarning dafn marosimiga borsa bo'ladi. Ammo ibodatlarida ishtirok etishi mutlaqo mumkin emas…
Musulmon davlatlarning rahbarlari va ko'zga ko'ringan arboblari boshqa dindagilarni bayramlari bilan tabriklashlari odat tusiga kirib qoldi. Bularning hammasi ulamolarning fatvolari va qarorlari asosida bo'lmoqda. Gapimiz quruq bo'lmasligi uchun misol ham keltiraylik. Quvayt davlatida «Shar'iy fatvolar hay'ati» tomonidan chop etilgan «Mug'tarib va musofirlarga fatvolar» nomli kitobning 17–18-betlarida «Nasorolarni yangi yil bilan tabriklash» sarlavhasi ostida berilgan savolga javobda diniy ma'nolarni ishga solmay ularni tabriklash mumkinligi aytilgan. Zamonamizning ko'zga ko'ringan olimi, Dunyo musulmon ulamolari birligining raisi Shayx Yusuf Qarzoviy o'zining «Zamonaviy fatvolar» nomli kitobining uchinchi juzi 668–673-betlarida «Ahli kitobni bayramlari bilan tabriklash» sarlavhasi ostida bu masalani batafsil bayon qilgan va ularni bayramlari bilan tabriklash mumkinligini aytgan… Albatta, bu tabriklar ular bilan muloqot asosida bo'ladi. U ularning diniga e'tiqod qilish yoki ibodatlarini ado etish ma'nosida emas. Insoniy aloqa yuzasidan va ular ham bizni diniy bayramlarimiz ila tabriklashayotgani uchun bo'ladi.