5 yil avval turmushga chiqqanman. Oliy ma'lumotli hisobchiman. Afsuski, xo'jaynim hech qayoqda ishlamaydi. Qaynona-qaynotam, qaynopam bilan yashayman. Topganimni erimning qo'liga keltirib beraman. Plastikka tushgani uchun bir so'miga ham xiyonat qilmayman. O'zimning pulim bo'lsa ham, ishlatmayman. Erim ham, qaynona-qaynotam ham o'zlaricha "Bugun hayit yo bayram, mana buni olib, ota-onangizni yo'qlang”, deb pul berishmaydi. Shu sabab tushlikda ovqatlanmay, o'sha vaqtdan foydalanib, qo'shimcha ish olib, pul topib, yashirincha ota-onamni yo'qlayman. Erim bundan xabarsiz. Bu ishim gunohmi?
Javob: Ishlab topayotgan bu pullaringiz sizning mulkingiz, uning bir tiyinida ham boshqalarning haqqi yo'q. Aslida eringiz ishlab topib, sizni boqishi kerak edi. Ishlamagani, boqmagani yetmagandek, sizning pulingizni olib, istaganicha tasarruf qilishi nimasi? Siz o'z pulingizga o'zingiz egasiz! Istaganingizcha ishlatishingiz mumkin. O'z pulingizni qaerga qancha ishlatganingiz hisobotini birortasiga topshirishingiz shart emas. Vallohu a'lam! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|