TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Dilnoza Kubayeva Said Muxtorovning filmida rol ijro etganidan afsusdaligini bildirdi
— Dilnoza opa, avvallari kinolarda juda faol edingiz. Biroq keyingi paytlarda ekranda kam ko'rinish beryapsiz. Buning sababini nimalar bilan bog'laysiz?
— Bilasiz, aslida, kinoda ko'p ham rol o'ynamayman va kam ko'rinayotganligim o'ta jiddiy masala emas. Qachonki, qahramon ruhiyatimga mos kelsagina rozilik beraman. Puxta ishlangan, ko'nglimga yoqadigan loyiha va ssenariylar uchramayapti. Ayrimlarining g'oyasi yaxshi, lekin menga berilayotgan obrazlarning «yuk»i yengil. Oxirgi marta rejissyor Said Muxtorovning «Vasiyat» filmida rol o'ynadim. Lekin unda suratga tushganimdan ham afsusdaman.
— Nega?
— Shu paytgacha Said Muxtorov bilan biror marotaba ham ishlamagandim. Chunki uning kinolarida xatoliklar ko'p. «Vasiyat»ning taqdiri ham avvalgilaridek bo'ladi, deya sira o'ylamagandim. G'oya yaxshi, ko'tarilgan mavzu dolzarb. Ammo syujet tuguni oxirigacha ushlab qolinmadi. Bu mening shaxsiy fikrim, albatta. «Balki, boshqa bir rejissyor bu filmni saviyali va xalqqa manzur keladigan tarzda suratga olgan bo'larmidi», degan fikr xayolimdan ko'p o'tyapti. Qisqasi, kinodagi ijromdan ko'nglim to'lgani yo'q.