Oyning qisman tutilishi 16 iyuldan 17 iyulga o'tar kechasi sodir bo'ladi. Bu haqda O'zFA matbuot xizmati xabar berdi. Bu tutilish dunyo vaqti bilan soat 21:31 da boshlanadi. Mamlakatimizda bu hodisaning yuz berishi 17 iyul tungi 02:31 da yuz beradi. Mazkur tutilishni mamlakatimizning barcha hududlarida kuzatish mumkin. Oy mahalliy vaqt bilan 16 iyul kuni soat 23:42 da yarim soyaga kirishni boshlaydi, 17 iyul tungi 01:00 da soyaga kiradi. Soyadan soat 04:00 chiqadi, yarim soyadan esa soat 05:19 da chiqib ketadi, ya'ni tutilish tugaydi. Quyosh soat 05:04 da chiqadi. Uning maksimal fazasi 0,66 ga yetadi. Yerning tabiiy yo'ldoshi tutilish paytida yer soyasining janubiy qismidan o'tadi. Oyda bu vaqtda qisman va to'la quyosh tutilishi kuzatiladi. Shuningdek, tutilish Janubiy Amerika, Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya va Rossiya (Chukotka, Kamchatka va Uzoq Sharq sohillaridan tashqari) hududlarida ham kuzatiladi. Quyosh tutilishidan farqli ravishda Oy tutilish davomida ko'rinib turadi. Oy tutilishning katta fazasida qizil yorug'lik sochadi va umuman yo'qolib ketmaydi. Tutilishni oddiy ko'z bilan ham kuzatish mumkin. Odatda qisman oy tutilishi vaqtida bu hodisani oddiy ko'zda ilg'ash qiyin. Shuning uchun sizda durbin yoki ko'rish trubasi bo'lishi maqsadga muvofiq, Oy yuzi yaxshiroq ko'rinadi va sizga ushbu astronomik hodisadan zavq olishingizga yordam beradi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|