TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Chernobil fojiasiga roppa-rosa 33 yil to'ldi (+video)
Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariya atom energetikasi jabrlanuvchilar soni va yetkazilgan iqtisodiy zarar nuqtayi nazaridan eng yirigi hisoblanadi, deb yozadi «Liga Novosti».
Roppa-rosa 33 yil oldin, 1986 yilning 26 aprelida Pripyat shahri yaqinidagi Chernobil atom elektr stansiyasining to'rtinchi energiya blokida texnogen falokat yuz berdi: portlashlar reaktorni vayron qildi, oqibatda atrof-muhitga katta miqdorda radioaktiv moddalar tushdi.
Reaktor uch soniya davomida yo'q qilindi-1:23:47 va 1:23:50 oralig'ida.
Portlash yadroviy emas, balki kimyoviy deb hisoblanadi; U kuchli «Iflos bomba» ning ta'siriga o'xshardi, bu yerda asosiy zararli omil radioaktiv ifloslanishdir.
30 kilometrlik hududdan Pripyat shahri v a 150 ta kichik shahar, qishloqlar aholisi, jami 115 000 kishi evakuatsiya qilindi. 600 000 nafarga yaqin kishi hodisa oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etdi.
SSSR rahbariyati uzoq vaqt davomida nafaqat hodisa oqibatlarini, balki uning sodir bo'lganini ham yashirgan. Bu haqda nafaqat xorijlik fuqarolar, balki SSR mamlakatlarida yashovchi fuqarolar ham xabar topmagan.
Chernobil AES ishi 2000 yil oxirida butunlay to'xtatilgan va 2016 yilning qishiga kelib, u to'liqligicha yangi, zamonaviy qoplama bilan qoplangan.