![](/_nw/20/98591354.jpg)
Chelyabinsk viloyatining Troisk shahrida yashovchi 38 yoshli Timur Sodiqov xotini, 36 yashar Oksana Sodiqovani o'n yil davomida kaltaklab, xo'rlab kelarkan. Oxirgi marta ikki oy burun ayolni bo'g'ib o'ldirishga urinibdi. Lekin niyatiga yeta olmabdi. Oksana shu voqeadan keyin Timurning ustidan politsiyaga shikoyat qildi. Yana sudga ajrashish uchun ariza tashladi. Sud jarayoni shu yil 15 iyul kuni bo'lib o'tishi lozim edi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 7 iyul kuni Timur pod'yezdda Oksananing uydan chiqishini kutib turgan. Chiqqani hamono qo'lida pichoq bilan unga tashlangan. Oksana yordam so'rab qichqirgan. Bir mahal uning qichqirig'ini eshitib, 8 yashar o'g'ilchasi uydan yugurib chiqqan. Timur shu go'dakning ko'z o'ngida Oksanani pichoqlab o'ldirdi.
Marhumaning onasi Ramziya Giniyatova aytdiki, «Tez yordam» mashinasi 1 soat-u, 40 daqiqadan keyin yetib kelgan. Bu vaqt oralig'ida Oksana ko'p qon yo'qotish oqibatida olamdan o'tib ulgurgandi.
— 8 yashar nabiram onasi qanday o'ldirilayotganiga guvoh bo'ldi, — deydi yig'lab Ramziya opa. — Futbolkasiga qon ham tegib qolgan ekan. Qizim bu marazni uydan haydab solgandi. Yangi hayot boshlamoqchi edi. Afsus, ulgurmadi…
Oksana Sodiqovaning uch bolasi yetim qoldi. Hozir onasi Ramziya opa ularni o'z qaramog'iga olish uchun hujjat yig'ishga tushgan.
Prokuratura Timur Sodiqovga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|