Bugun sizning e'tiboringizga, xalqimiz, ayniqsa Aziza nomli qizlarimiz xush ko'ruvchi san'at shaydosi, hali-hamon «Sevgilimni qaydan izlay?» – deya sarson-sargardonlikda yorining yo'llariga ko'z tikayotgan xonandamiz Vohidjon Isoqov bilan eksklyuziv suhbat!
Biz Vohidjon Isoqov hayotida sodir bo'lgan ko'ngilsiz voqeadan so'ng salomatliklarini bilish maqsadida savol ila yuzlandik. Salomatligingiz qanday? -Xudoga shukur, hammasi zo'r! –Xalqimiz uchun atalgan rejalaringiz qanday? -Xalqim uchun, yangi qo'shiqlar va kliplar taqdim qilmoqchiman. Mana, tez kunda «Ota» nomli yangi klip olmoqdamiz. -Aytingchi, san'atkorlar uchun tanaffus fasli bormi?
-(Biroz o'ylanib) Menimcha, san'atkorlarning ijod qilishi uchun hamma fasllar kerak. Quvonchlarga limmo-lim bahor, armon bo'lgan muhabbat fasli – kuz. Lekin tanaffus fasli bo'lmasligi kerak. -Barcha muxlislarni qiziqtiruvchi bitta savol: Sevinch Mo'minova va Vohidjon Isoqov turmush qurishgan, degan gaplar yuribdi xalq orasida. Ular bilan orangizda nima bor, mehrmi yoki muhabbat?
-(Kulib) Faqat «Duk-Duk» nomli duet bor. Sevinch opa mendan ancha katta. Ularning bitta shiringina qizlari bor. Men esa sevganimni tushlarimda ko'rib yuribman hanuz. Xalqimiz ajoyib-da, pashshadan fil yasaydiganlar ham bor!
-Deyarli ko'pchilik ijod mahsullaringiz sokin. Dillarga qandaydir sokinlik bag'ishlaydi. Vohidjon Isoqov ilhomni qaydan oladi? -Ko'pincha hayotdan olaman. Uyda yoki ofisda yolg'iz qolsam, qandaydir mahzun taronalar ustida ishlayman. Masalan, «Nimalar bo'lmaydi yigitchilikda» qo'shig'im ham shunday yaralgan. Sokin musiqalar inson qalbini qitiqlaydi. -Ajoyib, demak hayotda o'ta xushchaqchaq inson qiyofasida ko'ringan Vohidjon Isoqov, aslida jiddiy, teran nigoh sohibi ekanda? -Shunday -San'at bog'idan san'atkorlarimiz gul terishyaptimi yoki pul? -(Samimiy kulib) Unisi ham, bunisi ham. Besh qo'l barobar emas.
-Qo'shiq aytib to'ymaydigan mavzuingiz? -Sevgi haqida. Sababi, yoshman, buning ustiga bo'ydoq. Lekin ota-ona va vatan haqida ham kuylash orzuim. -San'atning tili bo'lmaydi, deyishadi. Zero, har bir yurak uni o'zi tarjima qilib oladi, hayolida. Bilasizmi, yaqinda bitta yosh talaba qizning telefoni jiringlab qoldi. U «gudok» o'rniga O'zbekiston xalq artisti, marhum Ohunjon Madaliyev ijrosidagi qo'shiq edi. Atrofda ketib borayotgan ayrim yoshlar u qizning ustidan kulishardi. Bu holatga nima deya olasiz? -Ularni xalqimizning juda ko'plab san'atsevar insonlari xush ko'radi, shu qatori men ham. Ularning shirali ovozlari, bir-biridan mazmunli qo'shiqlarini eshitib yuraman. Sizning so'zlaringizni eshitib, to'g'risi o'sha qizga nisbatan hurmatim oshdi. Sababi, u salmog'i og'ir qo'shiqlarni yoqtirar ekan, ammo afsuski ayrim yoshlarimizning quloqlari yengil-elpi qo'shiqlarga o'rganib qolgan. Nachora…
-«Kelmaysan», -deya dard chekib kutgan yoringiz vanihoyat keldimi yoki?
-Hali topolganim yo'q. «Sevgilimni qaydan izlay», deya hamon izlab yuribman. Topsam bu yil uylanaman. Jonga tegib ketdi bo'ydoqlik! -«Aziza» nomli taronangiz Aziza ismli qizlar ko'ngliga xush yoqqan bo'lsa ayrimlarning tanqidlariga ham uchrab ulgurdi. Buning sababi nimada, musiqami yoki qo'shiq matni? -U qo'shig'imizning menga musiqasi yoqib qolgan. Qandaydir kayfiyat ulashuvchi. Haqiqat, tanqidlarga ham sabab bo'ldi. Endi hammaga birday yoqish juda murakkab. -Samimiy suhbatingiz uchun, ketgan vaqtingiz, sarflagan «energiyangiz» uchun sizga katta tashakkur! Siz bilan yaqin kunlarda «Sevgilimni izlab topdim» nomli go'zal taronangiz yaralganda yana suhbatlashishni intizorlik bilan kutib qolamiz! -Sizga ham rahmat! Meni savollar yomg'iri bilan siylaganingiz uchun. Muhlislarimiz baxtimizga salomat bo'lishsin. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|