Iskandar Zulqarnayn vafotidan oldin uch narsani vasiyat qilgan ekan:
1. Tobutini davlatining eng zo'r tabiblari qabrga ko'tarib borishini;
2. Bor boyliklari-javohiru oltinlarini qabrgacha boradigan yo'lga sochib qo'yishlarini;
3. Tobutidan ikki qo'lini chiqarib qo'yishlarini.
Saroy peshvolari hayron bo'lib, buning sababini so'rashibdi.
Iskandar Zulqarnay quyidagi javobni bergan ekan:
1. Zamonaning eng zo'r tabiblari tobutimni ko'tarishsin, so'ng odamlar ko'rishsin har qancha zo'r tabib davolay olmadi, Allohdan kelgan ajal oldida ular ojizdirlar, o'lim haq.
2. Bor boyliklarimni yo'lga sochib qo'yinglar, so'ng odamlar ko'rishsin, har qancha mol-dunyo yig'ib ham, inson uni oxiratiga ortib olib ketolmasligini.
3-Qo'llarimni tobutdan chiqarib qo'yinglar, so'ng odamlar ko'rishsin, qanday katta lavozimda, davlat sultoni bo'lib, qanday katta boyliklarga ega bo'lib, saroylarda yashagan bo'lsamda, qabrga quruq qo'l bilan ketayotganimni.
Bu dunyoda faqat yaxshilik qoladi. Yaxshilik qilishdan hech qachon charchamang.