Buxoroda sud avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasini qonuniy to‘g‘ri deb topgani haqida xabar berilgan edi.
Deputat Rasul Kusherboyevning yozishicha, ma’muriy sud qaroridan norozi bo‘lgan Buxoro viloyati IIB YHHB bugun bo‘lib o‘tgan viloyat ma’muriy sudidagi kassatsiya tartibidagi majlisda o‘z vajlarining asosli ekanligini isbotlab bera olmagan.
"Qizig‘i sudda qatnashgan viloyat prokurori yordamchisi ham fuqarolarning fikrini quvvatlab, haydovchilarning avtomobil orqa yon oynalariga parda taqishlari qonuniy ekanligini bildirgan.
Sud tomonlar keltirgan vajlarni ko‘rib chiqqach, Buxoro shahar ma’muriy sudining dastlabki qarori, ya’ni haydovchilarning orqa yon oynaga parda taqish bo‘yicha harakatlari qoidabuzarlikka kirmasligi bo‘yicha qarorini kuchda qoldirgan.
Yashasin odil sudyalarimiz!
Menimcha, IIV endi Oliy sudga chiqsa kerak. Agar shunday bo‘lsa, Oliy sud ham o‘z sudyalarining qarorlarini quvvatlab, adolat to‘la qaror topishiga umid qilamiz”, — deb yozadi deputat