TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Bu kabi simulyatsiyaga «Oskar» bersa ham kam (+video)
Afrika Millatlar Kubogi-2019 musobasining ¼ finalidan o'rin olgan Kot-dʼIvuar hamda Jazoir bahsida kulgili holatlardan bir yuz berdi.
Jazoirliklar himoyachisi Rami Bensebaini raqib jarima maydoni ichida Kot-dʼIvuar yarim himoyachisi Vilfrid Zaaning qo'lini ushlab, o'z yuziga bir-ikki marta uradi va ayyorlik ishlatgan holda yiqiladi.
Bu vaziyat uchun u bosh hakamdan penalti so'raydi. Biroq, uchrashuv referisi ushbu holatga ortiqcha e'tibor bermaydi.
Qit'a birinchiligida ilk bora videtakrorlardan foydalanilayotganini hisobga olsak, mazkur vaziyat simulyatsiya ishlatgani uchun Rami Bensebaini qizil kartochka olishi kerak edi. Biroq, VARdagilar ham buni e'tiborsiz qoldirishdi.
Bahsda esa Jazoir terma jamoasi penaltilar seriyasida (1:1, pen. 4:3) zafar quchib, final ostonasida Nigeriya bilan to'qnash keladigan bo'ldi.