Bu yilgi yoz faslining boshi har safardagidan boshqacha keldi. O'zbekiston ob-havosiga mamlakatimiz hududi ustidagi kuchsiz siklonik jarayonlar ta'sir qilib, bulutlar shakllanishiga olib keldi. 3 iyun kuni nobarqaror ob-havo saqlanib turadi.
4-5 iyun kunlari mamlakatimizda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin, momaqaldiroq bo'ladi, shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 m tezlik bilan esadi.
Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yog'ingarchilik bo'lmaydi.
6 iyunda respublikamiz hududining katta qismida yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin, shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metr tezlikda esadi.
7-8 iyunda yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'ladi. 4-8 iyun kunlari harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo'ladi, bu me'yorlarga yaqin, ayrim joylarda esa ozgina past. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|