Uyatsiz jinsiy aloqa haqida o'ylash ham uyat. Lekin bu o'ylarning erkaklarning ongida mavjudligini inkor etib bo'lmaydi.
Jinsiy aloqaning normasi bormi?
Shariatimizda ta'qiqlanmagan, gunoh deb hisoblanmagan jinsiy alqaning barcha ko'rinishi va shaklini norma desak bo'ladi. Eng muhimi, u er-xotinga birdek yoqishi va ular tomonidan to'g'ri qabul qilinishidir.
Erkak jinsiy aloqa borasidagi hayollarini o'z turmush o'rtog'ida tadbiq eta olmasa, u chetdan ayol izlashi bir qonuniyatdir. Izlamagan holida ham tasavvurida doim boshqa ayol bilan qilayotgan ishlari bo'ladi.
Ayol erining hayollarini to'g'ri qabul qilishi uchun unga erkak avallo to'g'ri yondashishi kerak. Yana bir bora qaytaramiz, gunoh deb hisoblanmagan, shariat tomonidan man etilmagan faoliyatlarni jinsiy aloqada qo'llash uyat emas.
Oilangizdagi jinsiy munosabatlarning qanchalik yetuk va mukammalligiga qarab, bir-biringizga bo'lgan hurmat va o'zaro tushunish darajasi qanday ekanligiga baho bersangiz bo'ladi.
Hayolidagi tasavvurlarini xotiniga chiroyli tushuntira olgan, uni bunga majburlamay, balki yaxshi tomonlama ko'rsata olgan erkak yutadi. Hayollarimni farzandlarim onasiga ayta olmayman, deb chetdagi ayollar bilan oilasiga hiyonat qilgan erkaklar, qanday yoqimsiz vaziyatga tushayotganlarini anglamaydilar.
Birinchidan, chetdagi buzuqi ayollar hech qachon erkakka chinakam jinsiy muhabbat bera olmaydi. Faqat sevgan ayol chinakam jinsiy qoniqish va jisniy mehr taqdim eta oladi. Chetdagi ayollarda bari sun'iy, bir maqsad uchun qilingan safsata.
Ikkinchidan, o'z turmush o'rtog'iga erkak jinsiy munosabatlarda ta'lim berishi davomida er-xotin yanada yaqinlashadi, orada chinakam iliqlik yuzaga kela boshlaydi. Qadimdan o'zbeklarda qiz bola bokira bo'lib turmushga chiqishi ma'lum. Ya'ni erkak u bilan yangi bir jinsiy hayot boshlashidao'zgacha gasht bor.
Uchinchidan, tibbiyot nuqtai nazaridan qaralganda, oiladan tashqaridagi jinsiy munosabatlar ba'zida jinsiy kasalliklarga, undan tashqari ma'lum sabablarga ko'ra impotensiyaga(jinsiy zaiflikka) ham olib kelishi mumkin.
To'rtinchidan, o'z tasavvurlarini chetdagi ayol bilan amalga oshirgan erkak, vaqti kelib, puli bo'lmay yoki boshqa sabablar bilan o'z ayoli bilan qoniqishni istaganiga xohish uyg'ota olmaydi. Chunki ayoli bu davrga kelib erini qondirishga tajribasi ham istagi bo'lmaydi. Unga buni eri o'rgatmay chetdagi tajribali ayollardan olar edi. Natijada endi yosh o'tganda er-xotinda bu munosabatlarni yaxshilashga niyat ham yo'q, yosh ham to'g'ri kelmaydi, jinsiy munosabatlar haqida gapira olish uchun yaqinlik ham mavjud emas.
Beshinchidan, erkak oilaga hiyonat qilganida ayol so'nadi. So'ngan ayol bilan yashash hech bir erkakka yoqmaydi. Yonida charaqlab turgan ayolni ko'rish uchun erkakni o'zi harakat qilishi kerak. Charaqlab turgan ayol esa yonidagi erkakni ko'klarga ko'tara oladi.
Oltinchidan, erkak o'z ayolini o'rganmay, uning diliga va tanasiga quloq solmay, katta boylikdan mahrum bo'lib qolishi mumkin. Ba'zi ayollarda jinsiy jihatdan katta potensial bo'ladi. Lekin ular o'zbekchilik va tajribasizligi tufayli o'zlari ham uni bilmaydilar. Erkak turmushning ilk yillarida ayolida ana shu potensialni chiqara olsa, hech bir chetdagi ayolga qiziqishi bo'lmaydi.
Yettinchidan, erkaklar qariganida ayollardan ko'ra zaifroq bo'lishni boshlaydilar. Butun umr o'z jinsiy hayollari tufayli ayoliga hiyonat qilgan erkak, qariganida qoniqmagan ayol bilan yashashiga tog'ri keladi. Bu esa, ko'pincha o'zbek oilalarida namoyon bo'ladigan cholni qahshatadigan kampir manzarasiga aylanadi.
Sakkizinchidan, hiyonat mavjud oilaga baraka va osoyishtalik qushi qo'nmaydi.
Har bir ayolda tabiatan jinsiy potensial bo'ladi. Har bir ayol tunda erkakni xursand qila olishi mumkin. Har bir ayol eriga betakror hissiyotlarni taqdim eta oladi. LEKIN! Buni o'rganishga vaqt kerak. Tajriba kerak. Ishonch va yaqinlik kerak.
Agar er o'z bokira ayoliga sabr bilan yondashib, uni asta-sekin hayot davomida uyg'otib, birgalashib bir-birlari bilan jinsiy tajribaligini mukamallashtirib, bir-birini o'rganib, tanasiga quloq solishni boshlab, hayollari haqida gaplasha olsalar hech kimga jinsiy jihatdan o'zini qondirish uchun chetdan sherik kerak bo'lmaydi.
O'zbek qizlarining birgina "aybi" ular turmushga chiqqanida tajribasiz bo'ladilar. (bir hozir bokira bo'lib turmushga chiqadigan ayollar haqida gapirmoqdamiz). Bu tajribasizliklari ba'zi erkakka yoqmaydi. Bu esa oltindek qadrli narsa! Bir tomondan kuyovga bokira ayol kerak, ikkinchi tomondan bu bokira tajribasiz ayol, ularga kerakli hissiyotlar taqdim eta olmaydi. Shunda eng oson yo'l, chetdan bir tajribali ayolni topib , qiynalmi u bilan barcha jinsiy orzularini amalga oshirish. Bu qisqa yo'l. Qisqa yo'l esa doim hato yo'l bo'ladi. Erkak o'zini chetga sovurmay, kuchini mana shu yonidagi bokira ayolini jinsiy qo'zg'alishiga, unda jinsiy munosabatlarga mehrni uyg'otishga, jinsiy munosabatlar juda yoqimli ekanligiga ishontirishga sarflasa, mana shu ayoldan oladigan javobning lazzatini hech bir chetdagi ayol taqdim eta olmasligini ko'radi. Chunki jinsiy uyg'onayotgan ayolning ehtirosi boshqacha bo'ladi. Hech bir chetdagi jismonan to'ygan ayol bunday ehtirosni sun'iy ravishda ham ko'rasata olmaydi.
Jinsiy munosabatlarda erkakka nima kerak? Ayol undan qoyil qolganligi kerak! Qanday qoyil qoladi? O'zi jinsiy aloqadan boshini yo'qotib qo'yib qoyil qoladi. Ya'ni ayol qanchalik uyalchan bo'lmasin, eridan lazzatlanishni va buni ko'rsatishni o'rgana olishi juda muhim. Ochilishi kerak. Faqat birinchi qadam erkakdan. Ayol o'zidan o'zi ochila olmaydi. Ochilishdan qo'rqadi ham. Erkak bu borada nima deb o'ylashi mumkinligi unga faollik ko'rsatishga yo'l qo'ymaydi. Er unga yordam bersa, uni ochilishiga o'z hissasini qo'shsa, keyin ochilgan guldan bahramand bo'lganimizdek, yonidagi jinsiy uyg'ongan ayoldan butun umr bahramand bo'la oladi. Faqatgina shariat qonunlaridan chetlashish mumkin emasligini tushunishimiz lozim. Hech bir jinsiy munosabatda gunoh deb hisoblanmush amallarni qo'llash mumkin emas. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|