TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
“Bochka” oldida nega tirbandliklar yuzaga kelyapti?
Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida yo'lda tirbandliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ma'lumot berdi.
Unga ko'ra, tuman hududidan o'tgan 4R12 "Bektemir-Chirchiq-G'azalkent-Chorbog'” avtomobil yo'lining 74 kmda joylashgan Xo'jakent qishlog'i umumiy ovqatlanish shaxobchalari (Bochka) oldida eski ko'prikni zamonaviy yo'l infratuzilmasiga aylantirish, kengaytirish, ta'mirlash hamda qo'shimcha aylanma yo'llar qurish ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli dam olish kunlarida ushbu ta'mirlanayotgan ko'prik oldida transport vositalarining tirbandliklari yuzaga kelmoqda.
Toshkent viloyati IIBB YHXB mahalliy aholi va Bo'stonliq tumaniga dam olish uchun keluvchilardan ushbu ta'mirlanayotgan yo'l qatnov qismidan o'tishlarida "Yo'l harakati qoidalari”ga rioya etishlarini va boshqa yo'l harakati ishtirokchilarini hurmat qilishlarini so'ragan.