Har bir kun Alloh taolonikidir. Kunlar orasida bir kun borki, u musulmonlar uchun "sayyidul ayyom” – kunlarning ulug'i, deya ta'riflanadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi Juma kunidir. Unda Odam xalq qilindi. Unda u jannatga kiritildi. Unda u jannatdan chiqarildi. Qiyomat kuni ham faqatgina Juma kuni qoim bo'lur», dedilar (Beshovlaridan faqat Imom Buxoriy rivoyat qilmagan). Abu Dovud quyidagilarni ziyoda qilgan: «Unda uning tavbasi qabul qilindi. Unda u vafot qildi. Unda qiyomat qoim bo'lur. Juma kuni hamma jonivorlar tong otgandan to quyosh chiqquncha (qiyomat) soatini qo'rqinch ila kutib tururlar. Faqat jin va ins bundan mustasno», deyilgan.
Bu shunday ulug' kunki, u kunda duolar ijobat bo'ladi, salavotlar Payg'ambarimiz alayhissalomga yo'llanadi, masjid sari tashlangan har bir qadam nafl ibodat qilganga tenglashtiriladi, gunohlar mag'firat etiladi, masjidga birinchi borgan kishi tuya qurbonlik qilgan ajriga noil bo'ladi.
Biroq, aziz bo'lgan juma kuniga g'arb madaniyati ta'sirida ayrim ishbilarmonlar "Black Friday” (qora juma) nomi ostida savdo chegirmalari bermoqda. Bu kunda mana shunday do'konlarda ko'p mahsulot sotish uchun chegirmalar beriladi. Do'konlar yarim tungacha ishlaydi, ayrimlari tongga qadar. Chegirma berish yaxshi, ammo bu ishni "Black Friday” (qora juma) nomi ostida qilishdan maqsad-muddao nima? Yurtimizda ham ayrim do'kon egalari "Black Friday” shiori ostida savdolar uyushtirayotganini eshitmoqdamiz. Bir necha ming yillik tarixga ega bo'lgan, bir necha yuz yillik diniy qadriyatlar sohibi bo'lgan xalqning boshqalarning qandaydir maqsadlari yashiringan odatlarni o'zlashtirishga ne hojat? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim o'zini bir qavmga o'xshatsa, bas, u o'sha qavmdandir”, degan xitoblarini zinhor esdan chiqarmaylik (Imom Abu Dovud). Demak, bunday g'aliz shiorning o'rniga "Barakotli juma” shaklida mo'min-musulmonlarga imtiyozli savdolar tashkil etilsa, qanday ham yaxshi! Shunda juma kunini hurmat qilgan tijoratchilarga Alloh taolo baraka ato etadi, insho Alloh. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|