Kecha Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati «Birodarlik qabristoni»ta'miriga bag'ishlangan maxsus reportajni o'z telegram kanaliga joylashtirgan edi. Biroq undagi ayrim faktlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida norozilik uyg'otdi.
Mazkur norozilikka javoban matbuot xizmati o'z taassufini e'lon qilgan.
— Aziz do'stlar, hamshaharlar kuningiz xayrli bo'lsin!
Ko'plab manbaalarda «bronza» harflar haqidagi kechagi yangilik va bildirilgan mulohazalar bizni juda hafa qildi.
Biz faqat sizning bu boradagi so'rovingiz va turli mulohazalarga aniqlik kiritish uchun ma'lumot tayyorlagandik va bu siz tomoningizdan noto'g'ri talqin qilindi. Xabar va sharhlarda bizga nisbatan xaqorat va ayblovlar ham bo'ldi.
Biroq, bizning reportajimizdan ko'rinib turibdiki, biz birinchi navbatda marmarni tiklashni amalga oshirdik. Marmarni qayta tiklashdan so'ng undagi barcha bronza qismlari u yerga qaytarildi.
Ya'ni, marmar marmarligicha, plastik o'z holida, bronza xam bronzaligicha qoldi.
Aslida biz bu reportaj orqali qaysi qismlar bronza va qaysilari plastik ekanligi xaqida siz bilan o'rtoqlashishni xohladik.
Bundan tashqari reportajimizda 2020 yilgacha bronza yozuvlarini qayta tiklash ishlari rejalashtirilayotgani xaqida xabar berdik.
Va, albatta, bizning reportajimizda ( 9-may kuni o'sha yerda bo'lganingizda ham) majmua hududi tartibga keltirilgani va avvalgi holidan ozodaligi va obodonlashtirilganiga guvoh bo'lardingiz.
Aziz do'stlar, biz hech birimiz benuqson emasmiz. Lekin biz chin dildan harakat qilamiz va sizning qo'llab quvvatlashingizga muhtojmiz. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|