Toshkentning boy savdogari tomonidan "Oq poshsho” davrida qurilgan masjidni bilasizmi?
Keyinchalik, masjid yerlarining aksar qismi odamlarga uy sifatida berib yuborilganini-chi?
Masjid Toshkentda yuz bergan kuchli zilziladan zarracha talafot ko'rmagani rostmi? Balki buning o'ziga xos sirlari bordir?
Darhaqiqat, ma'lumotlarga ko'ra, o'sha masjid bir vaqtlar ombor vazifasini o'tab, shishalar saqlangan.
Bir vaqtlar masjidni mustamlaka zulmidan asrab qolish uchun undagi islom shiorlari ya'ni gumbaz, minora va naqshli shiftlari berkitilgan.
Shuningdek, ikkinchi jahon urushidan so'ng turli millatlar uchun kommunal uy sifatida ham xizmat qilgan.
Biz nazarda tutayotgan masjidda bir vaqtlar hatto ayollar jamoat bo'lib namoz o'qigan.
Hozir ham Toshkentga kelgan musulmon ayol sayyohlar namozlarini o'sha yerda ado qilishlari mumkin.
Masjid imom-xatibining dalolat berishicha, masjid biroz ta'mirtalab va ayollarga tahoratxonalar qurish uchun yordam kutilmoqda.
Quyidagi video orqali qaysi masjid haqida ketayotganini bilib olishingiz mumkin.