TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
«Bek Baraka», «Chinni bozor» hamda sobiq «Abu Saxiy» do'kondorlari nimadan norozi?
Toshkent shahar hokimiyati "Toshkent savdo markazi” hududidagi "Gipermarket” (sobiq Abu Saxiy) atrofida savdo faoliyati bilan shug'ullanib kelgan tadbirkorlar tomonidan bildirilgan shikoyatlar bo'yicha tushuntirish berdi.
Majmua ma'muriyati ushbu hududda ichimlik suvi quvurlari yotqizish ishlari boshlanganligi munosabati bilan tadbirkorlardan faoliyatini yo'lning qarama-qarshi tomonidan joylashgan "Chinni bozor” va "Bek baraka” savdo majmualari oralig'idagi hududda davom ettirishlari to'g'risida ogohlantirish berganligi norozilik keltirib chiqargan edi.
Shuningdek, ogohlantirish olgan tadbirkorlardan faoliyatlarining amaldagi qonun talablariga to'la muvofiqligini ta'minlash ham talab qilingan. O'rganishlardan ma'lum bo'lishicha, gipermarket atrofida savdo-sotiq bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlarning bir qismi noqonuniy faoliyat ko'rsatib kelmoqda va ular joylashgan savdo rastalari ham o'rnatilgan savdo qoidalariga zid ravishda tashkil etilgan.
Yuzaga kelgan norozilik sababli ta'mirlash va quvur yotqizish ishlari ma'lum muddatga to'xtatildi va kelgusida qanday tartibda davom ettirish masalasi ko'rib chiqilmoqda.
Yakuniy qaror barcha manfaatdor tomonlarning huquq va majburiyatlari inobatga olingan holda qabul qilinadi, deyiladi Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati ma'lumotida.