TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Bayroqni uloqtirgan hakam O'zbekiston ahlidan kechirim so'radi (+video)
18 avgust kuni, Qirg'izistonning Qora-Suv shahridagi oktogonda "WEF PROFFIGHT” turnirida bo'lib o'tgan mojaro haqida xabar berib o'tgandik.
O'shanda o'zbekistonlik MMA’chi Nursulton Ro'ziboyev mezbon vakili Altinbek Arikbayevga to'qnash kelgan va ilk raunddan so'ng g'alaba qozonganiga ishonib, oktogonning tashqarisida turganlarning biridan O'zbekiston bayrog'ini olib, g'alabani nishonlamoqchi bo'lgan paytida, bahs hakami uning qo'lidan bayroqni olib qo'yib, tashqariga uloqtirib yuborgandi.
Hakamning mazkur harakati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi va u O'zbekiston ahlidan kechirim so'rab video murojaat bilan chiqdi. Aytishiga ko'ra u Ro'ziboyevga 1-raund yakunlangani to'g'risida ishora bergan va bayroqni ortga qaytarib, undan 2-raundga tayyorgarlik ko'rishni so'ragan. Biroq, Nursulton qarshilik ko'rsatgani bois u o'zi bayroqni olib qo'yib, oktogon tashqarisidagilarga qaytarib berganini ta'kidlagan. Mazkur harakati tushunmovchilikka sabab bo'lgani uchun jang hakami barcha o'zbekistonliklardan uzr so'ragan.