Ayol kishining miyasida bir vaqtning o'zida yetmish yetti xil fikr bo'ladi.
• • •
Ayol kishi asalariga o'xshaydi. Senga asal beradi, lekin ora-orada chaqib turadi.
• • •
Modomiki onang ayolingni kuzatib, nazorat qilib turibdimi, ayolingga ishonaver!
• • •
Ayolning quroli – tili.
• • •
Xotinsiz erkak – jasadsiz bosh.
Ersiz ayol – boshsiz jasad.
• • •
Ayol eri bilan o'tkazgan baxtli kunlarining qadrini erini yo'qotganda biladi.
• • •
Agar chiroyli ayol bamisoli qimmatbaho tosh bo'lsa, fozila (go'zal xulqli, ilmli) ayol bamisoli xazinadir.
• • •
Oltin olov bilan sinaladi.
Ayol oltin bilan sinaladi.
Erkak ayol bilan sinaladi.
• • •
Iffat kabi ayolning qadrini oshiradigan narsa yo'q.
• • •
Ayol avval ko'zi bilan yaxshi ko'radi.
Keyin qalbi bilan yaxshi ko'radi.
Oxirida aqli bilan yaxshi ko'radi.
• • •
Boyning ziynati saxovat.
Faqirning ziynati qanoat.
Ayolning ziynati iffat.
• • •
Ayol uch kishini yoqtirmaydi:
1. O'zidan chiroyliroq ayolni.(ba'zisi)
2. Yoshini so'ragan kishini.
3. O'tmishini so'ragan kishini.
• • •
Har bir baxtli erkakning ortida soliha ayol bor.
• • •
Yig'layotgan ayolni tushunishga urinish xuddi qattiq shamol esib, bo'ron bo'layotgan paytda gazetani varaqlashga urinishga o'xshaydi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|