O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Avtobus haydovchilarining ish vaqti, dam olish vaqti va unga amal qilinishini nazorat qilish to'g'risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish belgilangan.
Xususan,
1. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar qo'l ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yo'l varaqasi, shaxsiy nazorat kitobchasi, taxograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilishlari kerak. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korxona darhol ularni bartaraf etishi va kelajakda ularga yo'l qo'ymasligi kerak.
2. Avtobuslar yo'l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida ish beruvchi haydovchilarni yo'nalishdagi harakat vaqtida charchog'ini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
3. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini ta'minlamagan ish beruvchilar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
4. Liniyaga taxografi yo'q yoki nosoz taxograf bilan avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
5. Korxona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taxograf yozuvlarini, foydalanilgan shaxsiy nazorat kitobchalarini oxirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab o'n ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga binoan unga taqdim etishi kerak.
6. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaxsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U o'z yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga ko'ra taqdim etishi kerak. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taxograf) bilan jihozlangan bo'lsa nazorat kitobchasi bo'lishi talab etilmaydi.
7. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yo'l varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish ma'lumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik ma'lumotlarini taqqoslash yo'li bilan chipta-hisob va yo'l varaqalarini to'ldirish bo'yicha yo'riqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|