Bu qish boshqa yerlarda bo'lgani kabi Verxnaya Valuna qishlog'i yaqinidagi o'rmonlarni ham chetlab o'tmadi. Qalin yoqqan qor, kuchli sovuq o'rmondagi jonivorlarni ham qiyin ahvolga solib qo'ydi. Endi bo'rilar, ayiqlar, tulkilar qishloq odamlarining hayotiga rahna solishi mumkin. Ammo qishloq ahli ulardan qo'rqishmaydi. Ular faqat bir kishidan — o'rmon xo'jayinidan qo'rqishadi xolos…
QORDAGI OYoQ IZLARI
Yaqinda maktab o'quvchilari o'rmonda o'ynab yurib qor ustida g'alati oyoq izlarini ko'rib qolishdi. Bu izlar odam oyoq izlari edi-yu, ammo uzunligi qirq besh santimetrlar kelardi. Vaholanki, bunday uzun panjali odam qishloqda yo'q…
Bolalar darrov qishloqqa qaytib ko'rganlarini kattalarga aytishdi. Shu zahoti bir necha ovchilar sakson yoshli keksa otaxon boshchiligida o'rmonga yo'l olishdi. Ular oyoq izlari tushgan chiziq bo'ylab ketaverishdi. Afsuski, ko'l bo'yiga borganda iz g'oyib bo'ldi…
Ertasi kuni yana o'sha ovchilar itlar bilan ko'l bo'yiga kelishdi. Bilishdiki, bu qachonlardir afsonaga aylanib ulgurgan o'rmon «xo'jayini»ning izlari. Demak, u shu yaqin atrofda bo'lishi kerak…
Aksiga olgandek, shu kunga qadar bo'rini ham, hatto ayiqlarni ham bemalol yiqita olgan itlar kutilmaganda dumlarini qisib egalarining ortiga yashirinaverishdi.
— Qo'yinglar, — dedi sakson yoshli keksa ovchi yigitlarga. — Qidirishni bas qilaylik! Itlar faqat gala boshlig'idangina qo'rqishadi. Bu degani, biz qidirayotgan odamsifat mahluq shu atrofda ekanini itlarimiz sezishdi. Qo'yaylik, tag'in o'zimiz ham bir baloga yo'liqib ketmaylik, bolalarim!..
AYIQ INI
A'zoyi badani kulrang jun bilan qoplangan, bahaybat qor odam haqidagi mish-mishlar qishloq ahli orasida azaldan avloddan avlodga o'tib keladi. Lekin har gal yoshlar kattalarning bu gaplaridan kulib qo'ya qolishadi xolos. Ularning fikrlashicha, bu gaplar shunchaki afsona. Hech qanaqangi qor odam, o'rmon xo'jayini yo'q…
Shuning uchunmi, 25-30 yoshlar atrofidagi besh-o'n nafar ovchi yigitlar baribir uni qidirib topish ilinjida yo'lga otlanishdi. Garchi kattalar qarshilik ko'rsatishsa-da, quloq tutishmadi.
Avvaliga ko'l bo'yidagi boshqa izlarni qidirib ko'rishdi. Nihoyat narigi sohilda ayiq ini topildi. Xayriyatki, in bo'm-bo'sh edi. Faqat ichkarida bo'ri, ayiq terilari sochilib yotardi. Hatto, olov yoqilgan bo'lsa kerak, bir uyum kul ham bor edi.
— Aniq, bu yerda o'sha odamsifat mahluq ma'lum vaqt yashagan. — dedi yigitlardan biri sheriklariga. — Qani, nariroq boraylik-chi!..
Ellik metrlar narida qorga ko'mib qo'yilgan ayiq jasadini topishdi. Jasaddan faqat suyaklargina qolgandi. Bir necha qovurg'alari sinib ketgan.
— Qor odam bilan ayiq o'rtasida haqiqiy olishuv bo'lgan. — deya o'z fikrini ma'qulladi boyagi ovchi yigit. — Mana, suyaklarini sindirib yuboribdi. Bundan kelib chiqadiki, u ayiqdan ham kuchliroq. Va mabodo qo'liga tushib qolsak, bizning suyaklarimizniyam topisha olmaydi…
Yigitlar yaxshilab tekshirib ko'rishganda, bir narsa ma'lum bo'ldi. Qor odam ayiq go'shtini tishi bilan tortqilab emas, balki toshdan yasalgan pichoq yordamida kesib-kesib yegan. Demak, u qurollangan…
Shundan keyingina ovchi yigitlar vahimaga tushib tezda juftakni rostlab qolishdi…
JUMBOQ
Ha, o'tgan asrning o'ttizinchi yillaridayoq Verxnaya Valunaliklar qor odamni uchratishgan. O'shanda ham qishloq ahli qor ustidagi yirik panja izlarini ko'rib tezda hokimiyat vakillariga xabar berishgandi. Sovet davri emasmi, bu mish-mishlar butun ittifoq bo'ylab tarqalmasligi uchun kattalar darhol bosdi-bosdi qilib yuborishdi. Biroq bir guruh ekspeditsiya a'zolarini qishloqqa yuborib har ehtimolga qarshi tekshirib ko'rishga buyruq berishniyam unutishmadi. Ekspeditsiya a'zolari uzoq vaqt qor odamni izlashdi. Faqat… Sheriklaridan biri izsiz g'oyib bo'lgachgina ortlariga qaytishdi. Shu-shu qishloq ahli qanchalik jar solib qor odam haqida gapirishmasin, ularning so'zlariga hech kim ishonmay qo'ydi.
Oltmishinchi yillarga kelib esa, ikki o'smir o'rmonda o'ynab yurib adashib qoldi. Qishloqdagilar ularni naq bir hafta qidirishdi. Qarangki, sakkizinchi kuni bolalarning o'zlari o'rmondan chiqib kelishdi. Ikkovlarining ham ranglari oqarib ketgan, nimadandir qattiq qo'rqqanlari ko'rinib turardi.
— Biz adashib qolgandik. — dedi o'smirlardan biri. — Uxlab yotganimizda tepamizga bahaybat, badanini jun bosib ketgan bir odamsifat mahluq kelib qoldi. U bizni yong'oqlar bilan mehmon qildi…
Odamlar bilishdiki, bu qor odamning o'zi. U bolalarga rahmi kelgan shekilli, ikki-uch kun kechalari kelib ularning qornini to'ydirgan-u, so'ngra g'oyib bo'lgan. Oxirgi kuni esa, bolalar qishloqqa olib boradigan yo'lni topib olishgan…
Hozir ham ovchi yigitlar uning izidan yurib qidirish bilan ovora. Baxtga qarshi, hamon qor odamni ko'rish sharafiga muyassar bo'lishmayapti. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|