Juma, 05.07.2024, 00:58
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 39
Mehmon: 39
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » May » 30 » AQSh bilan Eron urush boshlash arafasida: qurolli to'qnashuv bo'lishi haqiqatga yaqinmi?

12:56
AQSh bilan Eron urush boshlash arafasida: qurolli to'qnashuv bo'lishi haqiqatga yaqinmi?
AQSh va Eron ziddiyati urushga aylanib ketmaydimi? Bu savol bugun ko'pchilikni o'yga toldirgan. Tomonlar o'rtasida kuchayib borayotgan taranglikning harbiy to'qnashuvlarga aylanib ketishi strategik muhim nuqtada tasavvur qilib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bu ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni kuzatar ekansiz, ikki tomonning ham o'ziga xos qarashlariga guvoh bo'lasiz. Birinchidan, Oq uy Eron AQShga qarshi ehtimoliy hujumlar uyushtirishga tayyorlanayotganini ta'kidlaydi, ammo bu iddao yuzasidan hozirga qadar aniq tafsilotlarni oshkor qilmagan. Shu kunlarda jahon matbuoti AQSh o'z qurolli kuchlarini Yaqin Sharq mintaqasiga yaqinlashtirayotgani, Iroqdagi diplomatik missiya xodimlari soni qisqartirilgani va Vashingtonning harbiy harakatlar rejasini ko'rib chiqayotganini xabar qilmoqda. Prezident Tramp ma'muriyati Tehronni aynan nimalardan ogohlantirayotgani ayon: AQShga qarshi har qanday xurujga nisbatan jiddiy harbiy javob qaytariladi.
Ikkinchi tomondan, yuzaga kelayotgan inqirozda Vashingtonning o'zi aybdor. Ajablanarli jihati yo'q, Eron ayni shu qarashni ilgari suradi. Ta'kidlash o'rinliki, ko'plab Tramp ma'muriyati tanqidchilari ham aynan shunday fikrda. Bundan tashqari, AQShning Yevropadagi ayrim muhim ittifoqchilari ham Trampning Yaqin Sharq siyosati bo'yicha turli darajada xavotir bildirmoqda.
Hammasi nimadan boshlandi?
Biz yuzlashib turgan voqelik shuki, AQSh va Eron o'rtasidagi urush ehtimoli yuqori. Tan olish kerak, 2015 yildagi xalqaro yadro shartnomasiga binoan olib tashlangan, ammo keyinchalik yana qayta joriy etilgan AQSh sanksiyalari Eron iqtisodiyotini holdan toydirmoqda. Eron esa yadro dasturini qaytadan ishga tushirish bilan dunyoga tahdid qilyapti. Prezident Tramp bir yil avval AQShni Eron yadro dasturini cheklash bo'yicha erishilgan xalqaro bitimdan chiqarib olgan va Tehronga qarshi keng ko'lamli bosim o'tkazish siyosatini boshlagan edi. Vashington bunga izoh sifatida Tehron kelishuv majburiyatlarini buzganini keltirgan, Tramp esa kelishuv shartlari Eronning yadroviy ambitsiyalarni cheklay olmasligini qayd etib o'tgandi.
Eron esa Yevropa davlatlari va Rossiyani o'ziga iqtisodiy ko'mak ko'rsatishga undamoqda, agar ular mamlakatning cho'kib borayotgan iqtisodiyotini saqlab qolish chorasini ko'rmasalar, u holda yadro bitimini bekor qilishini ta'kidlamoqda. Bunday holat faqat prezident Tramp ma'muriyati manfaatiga ishlashi mumkin. Har holda Tehronga qarshi kuch qo'llash bahonasi paydo bo'ladi.
Xalqaro matbuotda ketma-ket e'lon qilinayotgan maqolalardan prezident Trampning urushga nisbatan ro'yxushligi yo'qligini anglash mumkin, lekin uning hukumati a'zolari bu borada yakdil fikrga kela olmagan ko'rinadi. Hokimiyatga kelganidan buyon Tramp xorijda AQSh harbiy harakatlarini qo'llamasligi bilan ma'lum. Biroq AQSh harbiy kuchlari yoki bazalari hujumga uchragan taqdirda, prezidentning qo'l qovushtirib o'tirishiga ishonish qiyin. Bir vaqtning o'zida Vashingtonning mintaqadagi ittifoqchilari — Isroil va Saudiya Arabistoni Eronga qarshi davom etayotgan bosimlarni bir chetdan turib olqishlayotgan bo'lsa, Trampning yevropalik hamkorlari mavjud vaziyatdan tashvishga tushmoqda.
Ayni damda Eron va AQSh o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan harbiy ziddiyatni 2003 yilda boshlangan Iroq urushiga mengzaydiganlar talaygina. Biroq bu to'g'ri qiyoslash bo'lmaydi. Eron Saddam Husayn Iroqidan juda katta farq qiladi. Saddam AQShga qarshi eskirgan oddiy qurollar bilan jang olib borgan bo'lsa, Eron zamonaviy qurollar va ballistik raketalarga ega. 85 millionli aholining aksariyatini yoshlar tashkil qilishini hisobga olsak, har kim ham Eronga qarshi quruqlikda operatsiya boshlashga botina olmaydi. Urush boshlangan taqdirda ham u keng ko'lamda olib borilmaydi. Biroq har ne bo'lsa-da, Eron bilan boshlanadigan urush butun Yaqin Sharqni olov ichida qoldirishi mumkin.
AQSh tashqi siyosatida inqiroz paydo bo'ldimi?
Donald Tramp prezident etib saylangach, AQSh tashqi siyosatiga jiddiy putur yetishini bashorat qilganlar bo'lgan edi. Bugungi kunda Eron atrofida shakllanib kelayotgan vaziyat AQSh tashqi siyosatida ko'p tomonlama inqiroz paydo bo'lganini o'zida aks ettirmoqda: xalqaro bitimlarni xush ko'rmaslik; mintaqaviy ittifoqchilarga haddan ziyod suyanish; uzoq vaqt AQSh hamkori bo'lib kelgan NATO davlatlari bilan aloqalarning sovuqlashib ketishi; eng muhimi, Vashingtonning real strategik manfaatlarini aniqlay olmaslik va ilgari surolmaslik.
Dunyoda qudratli davlatlar raqobati oshayotgan, kuchiga kuch qo'shilayotgan Xitoy va oyoqqa turayotgan Rossiyaga qarshi AQSh o'z qurolli kuchlari salohiyatini kuchaytirishga tirishayotgan bir paytda Eron Vashingtonning strategik maqsadlarida qanday o'rinni egallab turibdi? Eron global ta'sirga ega inqirozga sabab bo'la oladimi? AQSh tashqi siyosati bo'yicha ko'plab tahlilchilar bu savolga yo'q, deb javob beradi. Aksar ekspertlar Tehronni tiyib turish zarurligini ta'kidlaydi, ammo ochiq urushga sabab bo'lishi mumkin harakatlar hozircha kuzatilmayotganini aytadi. Mabodo urush boshlangan taqdirda ham bu eronliklar va amerikaliklarning o'z xatolari mevasi bo'ladi.
Birgina imzo bilan AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy intilishlarini jilovlab turishga qaratilgan shartnoma kelajagini xavf ostiga solib qo'ydi. Prezident shartnoma va uning tarafdorlariga qarshi shafqatsiz hujum kampaniyasini boshlab yubordi. Biroq Tramp shartnomaning o'rnini bosuvchi muqobil siyosiy yechim taklif qilmadi. Uning ushbu harakati oqibatida rasmiy Vashingtonning eng yaqin ittifoqdoshlari bilan diplomatik munosabatlariga putur yetishi mumkin. Ayni vaqtda ba'zilar Trampning bu qarori Yaqin Sharq mintaqasiga yangi va yanada dahshatli urush olib kelishi ehtimolidan xavotirga tushdi.
2015 yilda imzolangan Eron yadroviy dasturi shartnomasi hali butkul falajlanib qolgani yo'q, lekin yashab qolish uchun ko'makka muhtoj. Biroq mamlakat ichkarisidagi qudratli shaxslar Eronning nafaqat yadroviy dastur shartnomasidan, balki birato'la Yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomadan ham chiqib ketishini istamoqda.
Harbiy nizodan ko'ra, diplomatik choralar ancha foydali
Muxtasar aytganda, vaziyat keskin. Donald Trampning Vashington Yaqin Sharqqa 1,5 mingga yaqin qo'shimcha harbiy yuborishini e'lon qilishi, AQSh Davlat departamenti Eron islom inqilobi soqchilarini, ya'ni Eronning eng qudratli qo'shinlarini terroristik tashkilotlar ro'yxatiga kiritgani olovga moy quyish bilan barobar bo'ldi.
Biroq kuni kecha AQSh armiyasining iste'fodagi generallaridan iborat tashkilot Donald Trampga Eron atrofidagi keskinlikni pasaytirish iltimosi bitilgan maktub yo'lladi. Iste'fodagi 90 nafar general imzo chekkan maktubda Eron bilan bog'liq vaziyatdan chuqur tashvishda ekani aytiladi. «Urush shundoq ham beqaror Yaqin Sharqda oldindan aytib bo'lmaydigan oqibatlar olib keladi va AQShni ulkan moliyaviy va geosiyosiy xatarlari bo'lgan nizoga tortadi», — deyiladi unda. Mualliflarning fikricha, harbiy nizodan ko'ra diplomatik choralar ancha foydali bo'ladi.
Ana shunday bir sharoitda Iroq o'zining ikki muhim ittifoqdoshi — AQSh va Eron o'rtasidagi inqirozni tartibga solishda vositachilik qilishni taklif qildi. «Biz yordam berish va vositachilik qilishga harakat qilmoqdamiz», deb aytgan Iroq tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuvda. Al-Hakimning aytishicha, Iroq Vashington tomonidan qabul qilinayotgan bir tomonlama qadamlarga qarshi. Muhammad Javod Zarif, o'z navbatida, Eron va Fors ko'rfazidagi davlatlar o'rtasida o'zaro hujum qilmaslik bitimini tuzishga chaqirdi.
Xullas, Eron va AQSh o'rtasidagi munosabatlar borgan sari taranglashmoqda. Bu esa shundog'am uzoq yillardan buyon siyosiy barqarorlikdan mosuvo bo'layotgan Yaqin Sharq uchun yaxshilik olib kelmasligi aniq…

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ | Ko'rildi: 352 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz