Anjelina Joli Time jurnaliga izolyatsiya vaqtida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berdi. Elle nashrining yozishiga qaraganda, aktrisa farzandlar bilan birgalikdagi izolyatsiya har qanday ota-ona uchun ham haqiqiy sinov bo‘lishi mumkinligi, ammo bu borada inson o‘ziga nisbatan ortiqcha talabchan bo‘lishi kerakmasligini ta’kidlagan.
Anjelinaning aytishicha, har doim ham o‘zini bosiq tutish va kulib turishning iloji yo‘q. "Pandemiya avjiga chiqqan bir vaqtda farzandlari bilan vaqt o‘tkazayotgan ota-onalar haqida o‘ylayapman. Ular hamma narsani to‘g‘ri bajarishga, barcha ehtiyojlarni qondirishga va hammasi tinch va ijobiy bo‘lishiga umid qilmoqdamiz. Men bu vaqtda bir narsani tushunib yetdim — bu ilojsiz”.
Uning ta’kidlashicha, zurriyodlar ota-onasidan qahramonlik kutmaydi. "Farzandingizga sizdan benuqsonlik emas haqqoniylik kerak. Sizning zaifligingizni bilgan farzand, kelajakda yanada kuchliroq bo‘ladi, sizga yordam berishni istaydi”.
Avvalroq, Jolining karantin vaqtida farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari Time nashrida e’lon qilingandi. Unda aktrisa epidemiyaning yashirin risklari, xususan, bolalarga nisbatan oiladagi zo‘ravonlikning ko‘payishi va maktabda o‘qish qobiliyatining pasayishi haqida fikr bildirgan.