TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Andijonda vrachni tiriklay yoqib yuborgan erkakka nisbatan jinoiy ish ochildi…
Eslatib o'tamiz, 21 avgust kuni Andijon viloyati Xonobod tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli F. A. 64 yoshli onasi I. A. ni viloyat kasalxonasining travmatologiya bo'limiga olib kelgandi. Shu yerda u onasini noto'g'ri operatsiya qilganlikda ayblab bo'lim boshlig'i bilan janjallashib qoldi. U vrachni kabinetiga olib kirdi-da, eshikni ichkaridan tambalab, oyoq-qo'lini boylab tashladi va o'zi bilan olib kelgan kanistrdagi benzinni vrachning ustiga quyib tiriklay yoqib yubordi. Oqibatda vrach jiddiy kuyish jarohatlari oldi. Xayriyatki, vrachni kabinetga kirib kelgan boshqa xodimlar qutqarib qolishdi. F. A. qo'lga olindi. Unga nisbatan respublika jinoyat majmuasining 112- moddasi, 1 qismi, 173- moddasi, 2 qismiga ko'ra jinoiy ish qo'zg'atildi.
O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirligidagilar esa odatdagidek vrachlarni himoya qilishdi. Tibbiyot xodimlariga hujum qilganlarga nisbatan jazoni kuchaytirish kerakligini ta'kidlashdi.
Shu o'rinda sog'liqni saqlash vazirligi vakillarining bu e'tirozlariga javoban shuni aytib o'tish mumkinki, avvalo tibbiyot sohasida to'liq islohot o'tkazish lozim emasmikan? Vrach olib kelingan bemorga, davolanayotgan xastaga past nazar bilan qarashi, pul bermagan bemor vrachlar, hatto hamshiralar e'tiboridan chetda qolib ketishiga barham berish lozim emasmikan? Og'ir xastalik bilan vazirlikka murojaat etgan, adolatsizlikka yo'liqqan bemorning o'zini ayblab, vrachlarni haq deya jar solayotgan o'sha tibbiyot sohasi korchalonlariga birinchi navbatda jazo belgilanishi zarur emasmikan?