TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Andijon viloyat hokimi yana Prezident siyosatiga qarshi ish tutmoqda…
Ilgari xabar qilganimizdek, respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev uy-joylar buzilishi masalasiga bag'ishlangan videoselektor yig'inini o'tkazdi. Yig'in davomida prezident Farg'ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyat hokimlarini tanqid ostiga oldi.
Yig'indan so'ng hokimlar xalqdan va hukumat rahbarlaridan rasman uzr so'rashdi. Ammo ilgari va'da berganiga qaramay, Andijon viloyat hokimi yana prezident siyosatiga qarshi ish tuta boshladi.
3 avgust kuni Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Xonobod» sanatoriysini ta'mirlash va yig'ishtirish maqsadlariga yo'nalgan hujjatga imzo chekdi. Hujjatda aytilishi bo'yicha har bir tashkilot rahbari shu ishga 10 nafardan odam ajratishi lozim edi. Bu majburiya deya belgilab qo'yildi. Qaror jami 70 ta tashkilotga tarqatildi. Ilgari ijobiy tarafga o'zgarishga so'z berishiga qaramay, Abdurahmonov tashkilotlar rahbarlaridan ishchi-xizmatchilarni majburiy mehnatga jalb etishni talab qilmoqda.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, prezidentimiz bir necha yildan beri davlat tashkilotlari xodim va xodimalarini majburiy mehnatga jalb etishni yo'q qilish uchun kurash olib bormoqda. Shunga qaramay, Abdurahmonov kabi hokimlar o'zgarishni istashmayapti.